![]() |
![]() |
![]() |
⭐️ O’zbekiston milliy metrologiya institutining «Burovchi moment kattaliklarini o’lchash» laboratoriyasida «Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti» milliy tadqiqot universitetining bir guruh talabalari amaliy darsda bo’lishdi.
Talabalar zamonaviy texnologiyalar asosida xalqaro andozalarga muvofiq jihozlangan ushbu laboratoriyada o’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash jarayoni va mutaxassislar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
«Burovchi moment kattaliklarini o’lchash» laboratoriyasi etalon saqlovchisi Ergashboyev Shohruh talabalarga xalqaro ISO 6789-2: 2017 standarti asosida dinamometrik kalitlarni kalibrlash jarayonini batafsil ko’rsatib, burovchi momentni hayotimizda qanchalik muhimligi va bo’layotgan o’zgarishlar haqidagi malumotlarni berdi.
Aytish lozimki, bunday uchrashuvlar, albatta, talabaga bilim olish bilan bir qatorda tajriba va ko‘nikma hosil qilib borishiga ham zamin yaratadi.


