![]() |
![]() |
![]() |
⚡️ Metrologiya sohasida respublikamizdagi navigatsiya va geodeziya o‘lchash vositalardan olingan qiymatlar yuqori aniqligi va ishonchligi hamda o‘lchashlar bir xil bo‘lgan standartlarga muvofiqligini ta’minlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
⚡️ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va Respublika Aerogeodeziya markazining hamkorlikda ko‘p yillik Bitimiga muvofiq uzunligi 3 km maydonga ega bo‘lgan 2-razryadli “Ohangaron kenglik bazis etaloni” faoliyat yuritishini boshladi.
⚡️ Endilikda institutimizda, ISO 17123-1-2014 xalqaro me’yoriy hujjatga muvofiq zamonaviy sun’iy yo‘ldosh va axborot texnologiyalari tizimida ishlaydigan geodezik o‘lchash vositalarini GPS, Global navigatsiya sun’iy yo‘ldoshlari, shu jumladan taxeometr, teodolit va nivelirlarni qiyoslash ishlari amalga oshiriladi.
⚡️ Shuningdek, O‘zbekiston akkreditatsiya markazi tomonidan uzunlik yo‘nalishida O‘zDSt 3444:2020 standart talablariga muvofiq Geometrik va mexanik kattaliklarni o‘lchash bo‘limining O‘ZAK.QL 0115-sonli akkreditatsiya guvohnomasidagi akkreditatsiya doirasi kengaytirildi.


