![]() |
![]() |
![]() |
✅ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) Qoraqalpog‘iston filialida institut ma’sullari hamda Berdax nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti (https://karsu.uz/uz) va Navoiy Davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti (https://nkski.uz/institut-haqida/) mas’ullari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅ Muloqot jarayonida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish, mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro standartlarga moslashtirish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ta’lim, ilmiy-tadqiqot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini oshirish, zamonaviy texnologiyalar joriy etish hamda tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
✅ Shuningdek, filial bog‘iga tadbir qatnashchilari tomonidan «Yashil makon» umummilliy loyihasida faol ishtirok etgan holda yangi nihollar ekildi.
![]() |



