![]() |
![]() |
![]() |
✅ Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov bir guruh olimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Respublikadagi oliy o‘quv yurtlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish kafedralari mudirlari, professor-o‘qituvchilari, soha olimlari qatnashdilar.
📰 Uchrashuv Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD Akmal Jumanazarovning “Aniqlik va strategiya: Amir Temur davrida o‘lchashlarning ahamiyati” ilmiy maqolasi taqdimoti bilan ochildi.
![]() |
![]() |
![]() |
✅ A. Jumanazarov sohani har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi rejalar haqida taqdimot qildi.
✅ Agentlik tizim xodimlarining ilmiy-tadqiqot ishlariga yanada kengroq jalb qilish, ularning ilmiy salohiyatini oshirishda OO‘Yu professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlik qilish masalalari jumladan, sohaga tegishli o‘quv adabiyotlari, ilmiy maqolalar tayyorlash, nashr qilish to‘g‘risida aniq rejalar tuzib olindi.
![]() |
![]() |
![]() |








