Aniq vaqt

O‘zbekiston Global sifat infratuzilma indeksida yuqorilamoqda

Global sifat infratuzilma indeksida (Global Quality Infrastructure Index (GQII) 2019 yilga qadar sifat indeksi bo‘yicha past ko‘rsatkichga ega qizil rangdagi Ozarbayjon, Nigeriya, Zimbabve, Umon davlatlar qatorida bo‘lganligi bois ushbu reytingga Respublikamiz kiritilmagan edi.

Endilikda akkreditatsiya, metrologiya va standartlashtirish sohalaridagi islohotlar natijasida 2021-yildan boshlab O‘zbekiston 82-o‘rin bilan ro‘yxatga kiritildi ( https://gqii.org/gqii-2021/ ).

2023-yil yakunlariga asosan 185 ta davlat ichida O‘zbekiston 67-pog‘onaga ko‘tarildi (2021 yilga nisbatan o‘sish sur’ati: O‘zbeksiton +16, Saudiya Arabistoni +8, Ukraina + 6, Turkiya + 3, Turkmaniston + 3, Tojikiston + 2, Qirg‘iziston + 1).

Bunda akkreditatsiya sohasi 28 pog‘onaga, standartlashtirish sohasi 16 pog‘onaga va metrologiya sohasi 4 pog‘onaga yuqorilagan.

Metrologiya sohasida natijalarning yuqori emasligiga sabab, shu kunga qadar BIPM ma’lumotlar bazasida СМС-qatorlarning mavjud emasligidir.

Hozirgi kunda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan 17 ta СМС-qatorlarni olish bo‘yicha xalqaro solishtirishlarda ishtirok etilmoqda.

Bu esa kelgusida mazkur solishtirish ishlarini yakunlanish va BIPM ma’lumotlar bazasidan СМС-qatorlarni chop etilishini ta’minlash, shuningdek, yangi solishtirish loyihalariga qo‘shilish kabi tadbirlarni yanada jadallashtirishni talab etadi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish lozimki, O‘zbekiston Respublikasini sifat infratuzilmasi reytingida yuqori sifatga ega bo‘lgan 50 ta davlat orasiga ko‘tarilishni maqsad qilib olgan.

Shuningdek, bu masala hozirda institut tomonidan ishlab chiqilgan 2024-2030 yillarda o‘lchashlar birliligani ta’minlash bo‘yicha STRATEGIYA loyihasining asosiy g‘oyasi sifatida kiritilgan.

 

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil