Yangi yilda yangi milliy etalonlar ishga tushirildi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti faoliyati davomida 2023 yilda ham  jamoaning samarali mehnati, izlanish va talabchanligi o‘z natijasini ko‘rsatdi. Qisqa vaqt mobaynida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib milliy metrologiya sohasini rivojlantirish yana bir pog‘onaga ko‘tarildi. Natijada metrologik infratuzilmaning asoslaridan biri bo‘lgan milliy etalonlar bazasi 23 tadan 29 taga ko‘paytirildi. Yangidan ishga tushirilgan 6 ta etalonlar O‘zbekiston […]

Bayramona xushxabar

Yangi yil arafasida O‘zbekiston akkreditatsiya markazi bir qator akkreditatsiya obyektlarining  akkreditatsiya va davriy baholash natijalari bo‘yicha xulosa berdi. “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM Jizzax filiali akkreditatsiya ob’yekti O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablariga muvofiq kalibrlash laboratoriyasi sifatida akkreditatsiya qilindi. “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM Navoiy filial kalibrlash laboratoriyasining O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablariga muvofiq […]

Natijalar raqamlarda

Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida 2023-yilda amalga oshirilgan eng asosiy 10 ta natijalar: 1. Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish faoliyatining xususiy sektor tomonidan ham amalga oshirilishini taʼminlashga qaratilgan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqidagi Qonuni qabul qilindi; 2. Respublikada aniq vaqt xizmatini tashkil qilish maqsadida vaqt va chastota (GLONASS va GPS) etalonini ishga tushirish va […]

O‘zbekiston metrologiyasi 100 yoshda

Qadim Buyuk ipak yo‘lida joylashgan yurtimizda metrologiya ya’ni o‘lchashlar borasidagi ilk qadamlar bundan roppa rosa 100 yil avval qo‘yilgan. Bu qadam o‘z vaqtining aniq o‘lchashlarini ta’minlab o‘lchashlar birxilligini belgilay boshlagan. 1924 yilda o‘lchashlar bo‘yicha yig‘ilishda 2 bayonnomaga asosan Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida amal qilish doirasi butun Turkiston Respublikasi bo‘lgan Savdo o‘lchov va tarozilarini Qiyoslash Palatkasi […]

Massa va u bilan bog‘liq kattaliklar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Kecha Evro-Osiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (KOOMET)ning “Massa va u bilan bog‘liq kattaliklar” texnik qo‘mitasi (TQ 1.4) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Texnik qo‘mita yig‘ilishida gaz va suyuqlik sarfi bo‘yicha solishtirishlarni amalga oshirish, hamda texnik qo‘mitaning qarorlari asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan suyuqlik […]

Akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasida navbatdagi etalon yordamida o‘lchashlar amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasiga Qattiq jismlarning tebranma harakatidagi tezlik, tezlanish va uzunlik birligi etaloni yordamida o‘lchashlar amalga oshirilmoqda. Ushbu etalon yordamida yuqori aniqlikdagi tebranish datchiklari, vibrometrlar va tebranish kalibratorlarini qiyoslash, kalibrlash hamda ularning noaniqliklarni baholash ishlari amalga oshirilmoqda. O‘lchashlar bajarishda ISO 16063-11 va ISO 16063-21 xalqaro standartlaridan foydalanilmoqda.

Vaqt va chastota sohasidagi o‘lchashlarni xalqaro darajada tan olinishi yo‘lida

Avvalroq, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan yangi Vaqt va chastota milliy etaloni (etalon) yaratilib ishga tushirilganligi toʻgʻrisida xabar bergan edik. Bugungi kunda Vaqt va chastota laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan vaqt va chastota sohasidagi o‘lchashlarni xalqaro darajada e’tirof etish yuzasidan faol ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan: – laboratoriya faoliyatini COOMET doirasida dastlabki baholash (PEER REVIEW)dan o‘tkazish maqsadida […]