Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va uning filiallari tomonidan sohani rivojlantirishda xorijiy investorlarni jalb qilish borasida ishlar olib borilmoqda.
Institutning Sirdaryo filiali tomonidan investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish boʻyicha xorijiy investorlar va moliya institutlari grant mablagʻlarini jalb qilish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.
![]() |
![]() |
![]() |
Kuni kecha filial masʼul xodimlari ishtirokida investitsion loyiha ishlab chiqish va uni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktori va Xitoyning “Shenxiang Heshan” Xalqaro import va eksport kompaniyasining Osiyo va Yevropa boʻyicha vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Muzokaralar davomida yangi investitsion loyiha boʻyicha taklif va mulohazalar muhokama qilindi.


