Aniq vaqt

Institutning yangilangan sayti test rejimida ishga tushirildi

Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida olib borilayotgan ilmiy, texnikaviy yangilanishlar faoliyatning barcha jabhalarida birday olib borrilmoqda. Hamkorlarga qulaylik yaratilib, institutga qilinadigan murojaatlar, shartnoma tuzish va guvohnomalar taqdim qilish mana bir necha yildirki onlayn shaklda olib borilmoqda. Shuningdek, institut tarixidan boshlab, bugungi faoliyatga doir barcha harakatlar institutning rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida yoritilib kelinmoqda. Hamkorlar uchun kerakli hamda ochiq maʼlumotlar, aloqa kanallari, xizmatchilar va xizmat turlari haqidagi maʼlumotlarni istalgan paytda rasmiy veb sayt orqali topish mumkin.

2024-yil boshidan institutning rasmiy veb sayti  (https://nim.uz/) ham yangilanib, test rejimida ishga tushirildi.

Yangi sayt yangicha dizaynda yaratilib, qoʻshimcha imkoniyatlar va qulayliklar kiritildi. Xususan yangi saytda institutdagi “Vaqt va chastota etaloni” yordamida hosil qilinayotgan milliy vaqt (UTC UZ) shkalasidan sinxronlashgan Oʻzbekistonning aniq vaqtini kuzatishingiz mumkin.

Yana bir qulaylik, siz bizning yangi saytimiz orqali milliy etalonlar bazasiga, yuqori aniqlikdagi namunaviy oʻlchash vositalari bilan jihozlangan laboratoriyalarni 360 burchak ostidagi foto galereyasi bilan tanishishingiz mumkin.

Rasmiy saytning yangi versiyasida institut tomonidan koʻrsatilayotgan xizmat narxlari roʻyxati endilikda https://e-metrologiya.uz/ axborot tizimiga integratsiya qilingan. Bu esa avvallari uchrab turishi mumkin boʻlgan narxlar orasidagi tafovutlarga yoʻl qoʻymaydi.

Hurmatli saytimiz kuzatuvchilari, yangi koʻrinishdagi saytimizda siz uchun yanada qulaylik yaralishiga oʻz fikr – mulohaza va takliflaringizni bildirishingiz mumkin. Biz uchun sizning fikrlaringiz muhimdir.