Bugun O‘zbekiston milliy metrologiya institutida faoliyat olib borish davomida ilmiy izlanishlar bajarayotgan mutaxassis xodimlar va Oliy ta’lim muassasalari proqessor o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
![]() |
![]() |
![]() |
Institutda tashkil etilgan o‘chrashuvda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Paraxat Matyakubova izlanuvchan mutaxassislar uchun ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, bugungi kundagi talablar, nazariya va amaliyot uyg‘unligi, izlanishlarni hujjatlashtirish tartibi, ilmiy unvon talablari haqida keng tushunchalar berildi.
Ustoz o‘qituvchiga PhD ilmiy unvoni sari intilayotgan izlanuvchan metrologlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishib javoblar olishdi.


