Sarf oʻlchovlari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi

Kuni kecha Evro-Osiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (KOOMET)ning “Rasxodometriya” texnik qoʻmitasi (TQ 1.4)ning navbatdagi 23-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Texnik qoʻmita yigʻilishida KOOMET 852/RU-a/21-sonli gaz sarfi oqimi boʻyicha qoʻshimcha solishtirish texnik qoʻmitaning yoʻl xaritasiga asosan shu yilning aprel oyida oʻlchash vositasi O‘zbekiston milliy metrologiya institutiga o‘tkazilishi rejalashitilgan. KOOMET 900/RU-24-sonli suyuqlik sarfi boʻyicha qoʻshimcha solishtirish loyihasi iyun […]
Ilmiy yo‘nalishda hamkorlik kengaymoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida Toshkent davlat transport universiteti prorektori D. Baratov, universitetning professor o‘qituvchilari hamda mas’ul xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 2024-2025 yillar davomida Toshkent davlat transport universiteti o‘quv xonasini tashkil qilish, doimiy ravishda metrologiya sohasini rivojlantirish, o‘lchash natijalarini barqarorligini va imkoniyatlarini yaxshilash bo‘yicha kalibrlashning fundamental asoslarini o‘rganish hamda ularni raqamlashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy, maqsadli, startap, […]
Ertangi barqarorlik uchun bugun o‘lchaymiz

Metrologiya, o‘lchov va uni qo‘llash fani har doim texnologik va ilmiy yutuqlarning boshida bo‘lgan. Uning ta’sirini jamiyatning barcha jabhalarida ko‘rish mumkin va u hayotimizda hamma joyda mavjud. Bu yil Butunjahon metrologiya kunining mavzusi barqarorlikdir. Aniq o‘lchovlar atrof-muhitni o‘rganish va siyosatni ishlab chiqishning asosidir, chunki ular bizga iqlim o‘zgarishi, ifloslanish va resurslarning kamayishi kabi murakkab ekologik […]
Talabalar amaliyotga keng jalb qilinadi

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Surxondariyo filiali masʼullari Termiz muhandislik-texnologiya institutida boʻlib oʻqituvchi va talabalar bilan uchrashuv oʻtkazishdi. Uchrashuvda talabalarni amaliyotga jalb qilish, amaliyot jarayonlarini malakali mutaxassislar ishtirokida tashkil etish, amaliyotchilarni malaka koʻnikmalarini oshirish boʻyicha gapirib oʻtildi. Xususan, Surxondaryo filiali laboratoriyalarida institutning bitiruvchi talabalari metrologiya sohasini sir asrorlaridan xabardor boʻlishlari mumkinligi va bu sohaning bugungi rivojlanish […]
Institutda ilmiy izlanishlar uchun sharoitlar yaratilgan

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida xodimlar uchun izlanish va tashabbuskorlik, yoshlarning ilm olishi, bilim ko‘nikmalarini kengaytirishi va ilmiy izlanishlarni olib borishga keng sharoitlar yaratilgan. Bu yo‘nalishda o‘zi salohiyatini ko‘rsatib, ilmiy natijalarga erishgan, mahalliy va xalqaro loyihalarda samarali ishtirok etgan mutaxassislarni rag‘batlantirish ham yo‘lga qo‘yilgan. Institutning bir qator yosh olimlari mazkur imkoniyatlardan o‘rinli tarzda foydalanib, samarali natijalarga […]
Ilmiy maqolalar va tezislarni kuzatish imkoniyati mavjud

Institut xodimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalarini o‘zida aks ettirgan ilmiy maqolalar va tezislar bilan ushbu havola https://nim.uz/faoliyat/ilmiy-tadqiqotlar/ orqali tanishishingiz mumkin. Ilmiy maqolalar yurtimizdagi nufuzli Oliy attestatsiya kommisiyasi OAK tasarrufidagi va xalqaro SCOPUS, WEB of SCIENCE, SPRINGER, Google Scholar, CyberLeninka bazalarida indeksatsiyalangan konferensiya va jurnallarda chop etilgan.
Institutda huquqiy savodxonlik oshirilmoqda

Shu kunlarda institutning Bekobod, Olmaliq va Chirchiq filiallarida huquqiy mavzuda, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan seminarlar o‘tkazildi. Unda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayns nazorati xizmati rahbari Shuhratbek Xomidov xodimlarga huquqiy mavzuda ma’lumotlar berib o‘tdi. Tadbirlar davomida yig‘ilganlarga kasb odob-axloq qoidalariga amal qilish, ishga mas’uliyat va vijdon bilan yondoshish, halollikka amal qilishga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, […]
Oʻzbekiston metrologiyasi 100 yoshda

Xabaringiz borki, “20-may – Butunjahon metrologiya kuni” etib belgilangan va bayram sifatida nishonlanadi. Fuqarolarni metrologiya va uning ahamiyati to‘g‘risida kengroq xabardor qilish maqsadida O‘lchov va tarozilar bosh konferensiyasi (CGPM) tashabbusi bilan 1986 yildan boshlab 20 may – Butunjahon metrologiya kuni nishonlanishi boshlangan. Har yili 20 mayda – Butunjahon metrologiya kuni Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi […]
Metrologik xizmatlar amalga oshirilmoqda

Mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashda metrologiya xizmatlarining o‘rni katta ahamiyat kasb etadi. Aniq o‘lchashlar sifat va xavfsizlikni kafolatlaydi. O‘zbekiston milliy metrologiya insituti Navoiy filiali tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarda sifatli metrologik xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda. Filialda 2021-yildan boshlab kalibrlash (yuqori aniqlikdagi o‘lchashlar) xizmatlari joriy etilgan bo‘lib, ayni vaqtda sohani yanada kengaytirish, yangi uslubiyatlarni […]
Talabalar amaliyoti uchun qulay imkoniyatlar yaratilmoqda

Xabaringiz borki, kuni kecha O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Islom Karimov nomli Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida ta’lim, fan va ishlab chiqarishni integratsiyalash maqsadida agentlik binosida “O‘quv va amaliyot” xonasi tashkil etildi. Bugun Toshkent davlat texnika universitetining “Elektronika va avtomatika” fakultetida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori o‘rinbosari Ma’rufjon Jalilov, Standartlar instituti direktori G‘ayrat […]