Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Oʻzbekiston metrologiyasi 100 yoshda

Xabaringiz borki, “20-may – Butunjahon metrologiya kuni” etib belgilangan va bayram sifatida nishonlanadi.

Fuqarolarni metrologiya va uning ahamiyati to‘g‘risida kengroq xabardor qilish maqsadida O‘lchov va tarozilar bosh konferensiyasi (CGPM) tashabbusi bilan 1986 yildan boshlab 20 may – Butunjahon metrologiya kuni nishonlanishi boshlangan.

Har yili 20 mayda – Butunjahon metrologiya kuni Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) va Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML) tomonidan xalqaro miqiyosda o‘lchashlar bilan bog‘liq dolbzarb mavzu (shior) ostida tashkil etiladi va nishonlanadi.

Bu yil bayram arafasida Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi (BIPM) va Xalqaro qonunchilik metrologiyasi byurosi (BIML) tomonidan “Ertangi barqarorlik uchun bugun oʻlchaymiz” shiori eʼlon qilindi.

https://www.worldmetrologyday.org/posters.html

Ma’lumot o‘rnida, 20 may-Butunjahon metrologiya kuni, 1875 yilda Parijda Metrik konvensiya imzolangan kunga bag‘ishlab nishonlanadi. Ushbu shartnoma ilmiy kashfiyotlar va innovatsiyalar, sanoat ishlab chiqarishi va xalqaro savdoni, shuningdek, hayot sifatini yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlaydigan global miqyosda uyg‘unlashtirilgan o‘lchash tizimiga asos yaratadi.

Har yili eʼlon qilinadigan aniq oʻlchashlar borasidagi shiorlarga hamohang tarzda dunyo metrologlari sohani yanada rivojlantirish va bu yoʻlda birlashishga harakat qilishadi. Yurtimizda ham soohani rivojlantirish, milliy etalonlar bazasini takomillashtirish,  oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash vazifalari Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan amalga oshirilmoqda.

Bu yil Oʻzbekistonda metrologiya uchun muhim sana – Oʻzbekistonda metrologiyasi 100 yoshga toʻldi. Mazkur sana – Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti (OʻzMMI) tomonidan xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlari hamda milliy metrologiya institutlarining yetakchi mutaxassislarini taklif etgan holda konferensiya va bir qator tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

https://www.worldmetrologyday.org/events.html

Butunjahon metrologiya kuniga bagʻishlangan tadbirlar OʻzMMI va uning hududiy filiallari tomonidan ilmiy va taʼlim tashkilotlari, ishlab chiqarish va xususiy sektorni bir maydonda birlashtirishga qaratilgan.

Sifatni nazorat qilishda metrologiyaning oʻrni, kengaytirilgan kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari toʻgʻrisidagi hisobot, jarayonlarni takomillashtirish va yangi imkoniyatlar ochadigan metrologik faoliyatga raqamli texnologiyalarni joriy etish zarurligi haqida maʼlumot berish rejalashtirilgan.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil