Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Sarf oʻlchovlari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi

Kuni kecha Evro-Osiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (KOOMET)ning “Rasxodometriya” texnik qoʻmitasi (TQ 1.4)ning navbatdagi 23-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Texnik qoʻmita yigʻilishida KOOMET 852/RU-a/21-sonli gaz sarfi oqimi boʻyicha qoʻshimcha solishtirish texnik qoʻmitaning yoʻl xaritasiga asosan shu yilning aprel oyida oʻlchash vositasi O‘zbekiston milliy metrologiya institutiga o‘tkazilishi rejalashitilgan.

KOOMET 900/RU-24-sonli suyuqlik sarfi boʻyicha qoʻshimcha solishtirish loyihasi iyun oyida amalga oshirilishi boʻyicha soʻz yuritildi.

Shuningdek, mazkur yigʻilishda suyuqlik hajmi boʻyicha oʻlchash chegarasi 20 dan 250 dm3 gacha boʻlgan yangi qoʻshimcha solishtirish loyihasi e’lon qilindi.

Mazkur muzokaralarda KOOMETga a’zo davlatlarining milliy metrologiya institutlari vakillari ishtirok etdi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil