Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Metrologik xizmatlar amalga oshirilmoqda

 Mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashda metrologiya xizmatlarining o‘rni katta ahamiyat kasb etadi. Aniq o‘lchashlar sifat va xavfsizlikni kafolatlaydi.  O‘zbekiston milliy metrologiya insituti Navoiy filiali tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarda sifatli metrologik xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda. Filialda 2021-yildan boshlab kalibrlash (yuqori aniqlikdagi o‘lchashlar) xizmatlari joriy etilgan bo‘lib, ayni vaqtda sohani yanada kengaytirish, yangi uslubiyatlarni joriy etish va mutaxassislar malakasini oshirish ishlari olib borilmoqda. O‘tgan yillarda ham filial tomonidan kalibrlash xizmatlari o‘lchash yo‘nalishlari bo‘yicha kengaytirildi. 2024 yilda ham ushbu sohani yanada takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish, yangi uslubiyatlarni ishlab chiqish hamda sohani kengaytirish ishlari yil boshida rejalashtirildi. Shuningdek, o‘lchash vositalarini qiyoslash va sinov uskunalarini attestatiyalash ishlari ham yildan-yilga kengayib bormoqda. Filial xodimlari tomonidan viloyatda turli sohalar bo‘yicha metrologik xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Filialda kalibrlash xizmatlari bo‘yicha 37 ta korxonaning 234 ta o‘lchash vositalari kalibrlashdan o‘tkazildi.