O‘zbekiston milliy metrologiya institutida Toshkent davlat transport universiteti prorektori D. Baratov, universitetning professor o‘qituvchilari hamda mas’ul xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 2024-2025 yillar davomida Toshkent davlat transport universiteti o‘quv xonasini tashkil qilish, doimiy ravishda metrologiya sohasini rivojlantirish, o‘lchash natijalarini barqarorligini va imkoniyatlarini yaxshilash bo‘yicha kalibrlashning fundamental asoslarini o‘rganish hamda ularni raqamlashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy, maqsadli, startap, tajriba-konstruktorlik loyihalarini amaliyotga tatbiq etishni tizimli yo‘lga qo‘yish haqida so‘z bordi. Shuningdek, Toshkent davlat transport universitetida ochilgan magistratura ta’limi yo‘nalishini amaliyot bilan uyg‘un tarzda olib borishga kelishib olindi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
O‘zbekiston milliy metrologiya institutida yosh olimlarni ilmiy faoliyatini kengaytirish maqsadida soha bo‘yicha ilmiy xodimlarni tayyorlashda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.
Muzokara davomida barcha ishlarni rejali tarzda amalga oshirish uchun o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.



