Hamkorlik loyihalarida innovatsion yechimlarni joriy etish

🤝 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/) mutaxassislari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (http://turin.uz/) vakillari bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazdi. 🔬 Uchrashuv davomida zamonaviy o‘lchash vositalarining dizayni va funksional imkoniyatlarini takomillashtirish, ularning ergonomik xususiyatlari, ishonchliligi va aniqligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, loyiha jarayonlariga innovatsion yechimlarni joriy etish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan o‘lchash texnikasini ishlab […]
TUBITAK UME va Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “BIPM – TUBITAK UME Project Placement” dasturining 8-sikli bo‘lib o‘tmoqda.

✅O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/) Xorazm filiali kichik hajm laboratoriyasining mutaxassisi Sh. Kadirov, BIPM (https://www.bipm.org/en/) Capacity Building and Knowledge Transfer Programme (CBKT) dasturi g‘olibi bo‘lib, “Medical metrology” yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etmoqda. Yuqorida infuzion nasos analizatorini kalibrlash jarayoni keltirilmoqda. ✅Ushbu “BIPM (https://www.bipm.org/en/) – TUBITAK UME (https://www.ume.tubitak.gov.tr/) Project Placement” dasturi kelgusida uni joriy etish uchun yangi yo‘nalishni […]
Elektromobillarni zaryadlash stansiyalarining elektr xavfsizlik darajasini sinovdan o‘tkazish

🔄 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/) O‘lchash vositalari va texnik mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish laboratoriyasi tomonidan elektromobillarni zaryadlash stansiyalarining elektr xavfsizlik darajasi IEC 61010-1:2014 (GOST IEC 61010-1-2014) «Elektr kontrol-o‘lchash asboblari va laboratoriya uskunalari xavfsizligi» xalqaro standarti talablari bo‘yicha sinov ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘zMMI rahbariyati hamda ilmiy tadqiqotchilar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

📇 Uchrashuvda Innovatsion rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Aerozollarning ommaviy konsentratsiyasini oʻlchash vositalarini tekshirish uchun qurilma namunasini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi bo‘yicha shu kungacha bajarilgan ishlar sarhisob qilindi. ⏺Uchrashuvda loyiha kalendar rejasiga muvofiq amalga oshirilgan va oshiriladigan ishlar tahlil qilindi hamda loyihani amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar, kamchiliklar va ularni bartaraf qilish masalalari […]
O‘zbekiston–Slovakiya–Chexiya: Metrologiya va innovatsiyada yangi istiqbollar

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Chexiya va Slovakiya davlatlari hamkorligida tashkil etilgan yangi laboratoriyalar ochilish marosimi doirasida Chexiya Respublikasi elchisi Lyubomir Frebort va Slovakiya elchisi Viktor Boretskiy bilan uchrashdi. ✅ Muzokaralar doirasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida faol rivojlantirishga o‘zaro tayyorlik tasdiqlandi. ✅ Chexiya va Slovakiya davlatlari […]
O‘zbekistonda Sath etaloni laboratoriyasi ochildi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti metrologiya sohasida yana bir muhim qadam tashladi. Toshkent shahridagi Institutning Etalon park binosida Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi — Rosstandart hamda ElMetro-Injiniring kompaniyasi vakillari ishtirokida ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichiga bag‘ishlangan tadbir va sath o‘lchash vositalarini tekshirish uchun mo‘ljallangan Sath etaloni laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. […]
O‘zbekistonda zamonaviy gaz sarfi o‘lchash laboratoriyasi tashkil etiladi

Xitoy Xalq Respublikasining “TAPLine” kompaniyasi rahbari hamda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) va “Asia Trans Gas” (https://asiatransgas.uz/uz) rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ✅ Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining milliy etalonlar bazasini rivojlantirish maqsadida DN 400 mm gacha bo‘lgan zamonaviy gaz sarfi o‘lchash vositalarini metrologik tekshiruv laboratoriyasini tashkil etish loyihasi taqdimoti hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar […]
Etalon termometrlarni kalibrlash bo’yicha trening

🔄Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida (http://nim.uz/) muhim oʻquv-amaliy trening oʻz ishini boshladi. 2025-yil 25-avgustdan 5-sentyabrgacha Harorat (ITS-90) laboratoriyamizda xalqaro ekspert Konstantin Bordianu (Moldova) boshchiligida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda. 📇 Treningning asosiy maqsadi — xodimlarimizning texnik kompetentligini oshirish. Unda 1990-yilgi Xalqaro harorat shkalasi (ITS-90) boʻyicha platina etalonli termometrlarni (SPRTs) repter nuqtalarda kalibrlash texnologiyalari oʻrgatilmoqda.
O‘zbekiston–Koreya hamkorligi: metrologiya va innovatsiyada yangi istiqbollar

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida (https://nim.uz/) Koreya Respublikasi delegatsiyasi bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar markazida Institut hamda Koreya texnologiyalarni rivojlantirish agentligi (KIAT) (https://www.kiat.or.kr/) o‘rtasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan grant loyihasi bo‘ldi. ✅ Loyiha quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: — ilg‘or metrologiyani rivojlantirish, — ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, — texnologiyalar transferi, — kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, — […]
🎒 Kichik qalblarda katta orzular

🌟 Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi tantanalari mamlakatimiz bo‘ylab katta shodiyonalar bilan davom etmoqda. Ushbu ulug‘ sana munosabati bilan hamda yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida O‘zbekiston milliy metrologiya institutida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. ✨ Tadbirda institut xodimlari hamda ularning birinchi sinfga qadam qo‘yayotgan farzandlari ishtirok etdilar. Institut direktori Lazizbek Saidoripov tadbir ishtirokchilarini qutlab, farzandlarini ilk bor […]