Aniq vaqt

O’zbekiston-Belarus metrologiya sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

🔄O’zbekiston milliy metrologiya instituti direktori L.Saidoripov Belarus Respublikasi davlat metrologiya instituti (https://belgim.by/)direktor o’rinbosari Yu.Kozak bilan uchrashuv o’tkazdi.

📍2025-yil 11–13-noyabr kunlari Toshkent shahrida Davlat metrоlоgiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi (COOMET) tashkiloti doirasida o‘tkaziladigan “COOMETning eng yaxshi yosh metrologi” XI xalqaro tanlovi doirasida o’tkazilgan uchrashuvda O’zbekiston-Belarus metrologiya sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi.

✍️Jumladan, 2025-yilda imzolangan ikkita davlat milliy metrologiya institutlari o’rtasidagi o’lchashlar birliligini ta’minlash sohasidagi hamkorlik Kelishuvi doirasidagi hamkorlik aloqalari, yangi etalon va yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalarini yaratishda belarus tomoni bilan tajriba almashinuvi, 2026-yilga mo’ljallangan hamkorlik tashabbus va yo’nalishlari atroflicha muhokama qilindi, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega metrologiya yo’lanilishidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.

📈Uchrashuv yakunlariga muvofiq, ikki tomonlama hamda COOMET doirasidagi hamkorlikni jadallashtirish, keyingi yillarga mo’ljallangan hamkorlik yo’l xaritasini ishlab chiqishga kelishildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil