Aniq vaqt

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti vakili BIPMning ionlovchi nurlanishlar bo‘yicha xalqaro seminarida ishtirok etdi

🌎 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) (http://nim.uz/ru) mutaxassisi 2025-yilning 5-6-noyabr kunlari Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM, Sevr, Fransiya) (https://www.bipm.org/en/) shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan Ionlovchi nurlanish bo‘yicha Maslahat Qo‘mitasi (CCRI) ning xalqaro seminarida ishtirok etdi. Tadbirlar radionuklidlar metrologiyasining kelajagi, shuningdek, ionlashtiruvchi nurlanishlar metrologiyasining rivojlanish tarixi va istiqbollariga bag‘ishlandi.

✍️ Dastur doirasida 2025-yil 6-noyabrda O‘zMMI mutaxassisi Azamat Taubaldiyev “Yangi ikkilamchi etalonlar dozimetriya laboratoriyasini (SSDL) yaratish” mavzusida ma’ruza qildi. O‘zMMI mutaxassisining ushbu xalqaro uchrashuvlardagi ishtiroki jahonning yetakchi metrologiya tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va O‘zbekistonda radiatsiyaviy metrologiya sohasida ilg‘or yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi.

⚡️ 2025-yil 7-noyabrda mutaxassis CCRI ning 30-yig‘ilishida ham ishtirok etdi, unda ionlovchi nurlanishlar metrologiyasini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Maslahat Qo‘mitasining yig‘ilishida O‘zMMI vakili ilk marotaba ishtirok etayotgani – O‘zbekiston uchun bu muhim voqea hisoblanadi.

📍Yig‘ilish davomida ionlovchi nurlanishlar metrologiyasi xalqaro tizimini rivojlantirishning asosiy masalalari, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik strategiyasi ko‘rib chiqildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil