
❗️ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI)ning Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi Vaqt va chastota laboratoriyasining (TF jamoasi) navbatdagi kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari (СМС-qatorlar) toʻgʻrisidagi yozuvlari Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosining (BIPM) Asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasida (KCDB) chop etildi.
⚡️ Mazkur CMC-qator BIPM Vaqt va chastota konsultativ qo‘mitasi (CCTF) tomonidan doimiy ravishda olib boriladigan CCTF-K001.UTC asosiy solishtirish natijalariga bog‘liq bo‘lib, Muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC)ga nisbatan mahalliy soatlarni solishtirish noaniqligini ifodalaydi.
✅ Ma’lumot uchun: 2025-yil oktabr oyida Vaqt va chastota laboratoriyasi tomonidan BIPM KCDB bazasida ilk Vaqt va chastota yo’nalishidagi CMC-qatorini chop etilgan.
✅ Shu tariqa, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xalqaro KCDB bazasida 10-CMC-qatorini ro‘yxatdan o‘tkazib, mamlakatimiz metrologiyasi salohiyatini yana bir bor g‘urur bilan namoyon etdi. Shu o‘rinda erishilgan natija O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish uchun sifat infratuzilmasi indeksi (QI4SD) va Global sifat infratuzilmasi indeksi (GQII) dagi o‘rinlarini mustahkamlashga va yurtimizdagi metrologiya faoliyatining xalqaro darajada e’tirof etilishiga xizmat qiladi.