Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

O‘zbekiston va Rossiya: Metrologiya sohasida hamkorlik yangi bosqichda

✅Joriy yilning 14-noyabr kuni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Rossiya Federatsiyasining texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya bo‘yicha federal agentligi (Rosstandart (https://www.gost.ru/portal/eng/home)) o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✍️Uchrashuvda hamkorlikda metrologiya, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

📈Jumladan, metrologiya sohasida Davlat metrologiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi tashkiloti (COOMET) doirasida amalga oshirilayotgan asosiy va qo‘shimcha solishtirish loyihalarining holati hamda ularni jadallashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

🌎Shuningdek, kuni-kecha O‘zbekiston mezbonlik qilgan “COOMETning eng yaxshi yosh metrologi” XI xalqaro tanlovi va tanlov doirasida o‘tkazilgan anjuman yakunlari bo‘yicha ma’lumotlar tinglanib, tanlovda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi yosh metrologlarining muvaffaqiyatli ishtiroki alohida ta’kidlandi.

📇Tadbir kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida metrologiya sohasida texnik ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimi asosida O‘zbekiston milliy metrologiya institutiga Rossiyada ishlab chiqarilgan o‘lchash vositalarini topshirish bo‘yicha Dalolatnomani imzolash va o‘lchash vositalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

⚖️Tadbir yakunida Rosstandart vakillari O‘zbekiston milliy metrologiya institutining yangi tashkil etilgan laboratoriyalari bilan yaqindan tanishtirildi.