
🔄2025-yil 11–13-noyabr kunlari Toshkent shahrida Davlat metrоlоgiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi (COOMET (https://coomet.info/)) tashkiloti doirasida o‘tkaziladigan “COOMETning eng yaxshi yosh metrologi” XI xalqaro tanlovi muvaffaqiyatli yakunlandi.
🌍Tanlovda jami 5 ta mamlakatdan 16 nafar nomzodlar Belarus (1), Ozarbayjon (2), Qozog‘iston (2), Rossiya (5), O‘zbekiston (5) ishtirok etdi. Ishtirokchilarning ingliz va rus tillarida taqdim etilgan ilmiy va amaliy loyihalari 15 nafardan iborat bo‘lgan xalqaro ekspertlar tomonidan baholab borildi.
✅Ushbu tanlovda O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi:
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
🎖️“Ingliz tilida eng yaxshi ma’ruza” nominatsiyasi bo‘yicha Nishonov Vohobjon Xamidulla o‘g‘li gʻolib boʻlgan boʻlsa “Amaliy metrologiya sohasidagi eng yaxshi yosh COOMET metrologi” nominatsiyasi bo‘yicha II o‘rin Taubaldiyev Azamat Asqarovichga nasib etdi.
✍️Shuningdek, tanlovning barcha ishtirokchilari “COOMETning eng yaxshi yosh metrologi” XI Xalqaro tanlovida ishtirok etganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar bilan taqdirlandilar.



