“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasining Namangan filiali xodimlari hamda Namangan shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabi oʻquvchilari ishtirokida Payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi “2025–2026-yillarda mamlakatimizda qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini targʻib etish ishlarini yanada jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VMQ-691-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Qatagʻon qurbonlarini yod etish – kelajakka saboq” mavzusida oʻtkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga qatagʻon yillari qurbonlarining ogʻir va mashaqqatli taqdiri, ularning Vatan ravnaqi va xalq farovonligi […]
O‘zbekiston–Chexiya biznes forumi doirasida metrologiya sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan metrologiya sohasini yanada rivojlantirish, zamonaviy o‘lchash infratuzilmasini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Chexiya Respublikasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan “O‘zbekiston–Chexiya biznes forumi” doirasida muhim uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya institutiga Chexiya metrologiya instituti […]
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Chexiya Respublikasi ishbilarmon doira vakillari ishtirokida “O‘zbekiston–Chexiya biznes forumi” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forum doirasida ikki mamlakat vakillari o‘rtasida ochiq va samarali muloqot tashkil etildi, amaliy tajriba almashish hamda dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish imkoniyatlari yaratildi. Tadbir ikki tomonlama uzoq muddatli va barqaror hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbir doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda Chexiya metrologiya instituti o‘rtasida metrologiya sohasida […]
EURAMET TC-IM 31-yig‘ilishida O‘zMMI ishtiroki: xalqaro hamkorlik va raqamli metrologiyada yangi qadamlar

2026 yil 23–24 aprel kunlari Parij shahrida, Fransiya milliy metrologiya instituti (LNE)da EURAMET TC-IM texnik qo‘mitasining 31-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zMMI xodimlari ham faol ishtirok etdilar. Yig‘ilishda xalqaro metrologiya hamkorligi, so‘nggi qarorlar va ishchi guruhlar faoliyati muhokama qilindi. O‘zMMI tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda so‘nggi yillardagi natijalar, EURAMET bilan hamkorlik, yangi loyihalar bo‘yicha takliflar hamda kelgusi […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasining Jizzax filiali tomonidan ООО “ADM JIZZAKH” mas’uliyati cheklangan jamiyatida navbatdagi davriy qiyoslash va kalibrlash ishlari amalga oshirildi

#Jizzax_filiali O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasining Jizzax filiali tomonidan ООО “ADM JIZZAKH” mas’uliyati cheklangan jamiyatida navbatdagi davriy qiyoslash va kalibrlash ishlari amalga oshirildi. Ushbu jarayon davomida korxonada foydalanilayotgan o‘lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi hamda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va belgilangan standartlarga muvofiqligi har tomonlama sinchkovlik bilan tekshirildi. Xususan, dinomometrik kalitlar namunaviy “DOTE500N4-G” o‘lchash vositasi yordamida qiyoslovdan […]
Metrologiya institutlari o‘rtasida hamkorlik faollashmoqda

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari L.Saidoripov Rossiya Federatsiyasining yetakchi milliy metrologiya institutlari bilan videokonferens aloqa (VKA) shaklida uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda Sarf o‘lchash bo‘yicha Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti, D.I.Mendeleyev nomidagi Butunrossiya metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIM) (Rossiya Federasiyasi), Tatariston Respublikasining Standartlashtirish, metrologiya va sinovlar bo‘yicha mintaqaviy davlat markazi shuningdek, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) […]
COOMETning “Ionlashtiruvchi nurlanishlar va radioaktivlik” texnik qo‘mitasi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi

Joriy yilning 22-24-aprel kunlari “Davlat metrologiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi” (COOMЕT) “Ionlashtiruvchi nurlanishlar va radioaktivlik” 1.9 texnik qo‘mitasining (TQ 1.9) 22 – yig‘ilishi Belarus Respublikasi Minsk shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur yig‘ilish gibrid formatda tashkil etilgan bo‘lib, unda Yevroosiyo mintaqasining yetakchi milliy metrologiya institutlari (Belarus, Rossiya, Oʻzbekiston, Xitoy, Kuba, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Slovakiya va Moldova) soha ekspertlari va […]
O‘zbekistonning OIML doirasidagi ishtiroki muhokama qilindi

2026 yil 22 aprel kuni OIML (Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti) doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda BIML direktori Anthony Donnellan, BIML xodimi Janet Miles hamda OIML CS bo‘yicha mas’ul Paul Dixon va O‘zbekiston milliy metrologiya instituti bosh metrologi N.Raymjonov ishtirok etdi. Uchrashuvda O‘zbekistonning OIML tizimidagi ishtiroki, a’zolik maqomini kengaytirish, shuningdek OIML-CS tizimida qatnashish imkoniyatlari atroflicha […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassisiga PhD ilmiy darajasi berildi

Jizzax politexnika instituti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.T.20.01 raqamli Ilmiy kengashning qaroriga muvofiq O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassisi Xazratkulov Maxsud Alikulovichga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi. M.Xazratkulovning 05.06.02–“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Aralash tarkibli pishitilgan iplar asosida resurstejamkor kostyumbop matolar loyihalash” mavzusidagi yozgan ilmiy ishi doirasida olingan […]
Metrologiya sohasida xalqaro hamkorlik: O‘zbekiston va «ElMetro-Injiniring» o‘rtasida kelishuv imzolandi

Metrologiya sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda zamonaviy o‘lchash infratuzilmasini shakllantirish yo‘lida muhim qadam tashlandi. Rossiya Federatsiyasining innovatsion yechimlar ishlab chiqaruvchisi — ElMetro-Injiniring MChJ hamda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Mazkur kelishuv ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy-texnik salohiyatni birlashtirish va ilg‘or tajribalar almashinuvini ta’minlashga qaratilgan. […]