Kecha “INNOPROM. Markaziy Osiyo – 2026” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi turli mamlakatlardan tashrif buyurgan rasmiy delegatsiyalar, investorlar va yetakchi sanoat kompaniyalari uchun o‘z eshiklarini ochdi.

Ko‘rgazmaning birinchi kuni sermazmun va samarali o‘tdi: ishbilarmonlik uchrashuvlari tashkil etildi, muhim muhokamalar bo‘lib o‘tdi hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan qator bitimlar va hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston milliy metrologiya instituti bu yil o‘zining ilmiy-texnologogik va konstruktorlik ishlanmalari hamda yangi loyihalari bilan ishtirok etdi
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining birinchi o’rinbosari Lazizbek Saidoripovning «Правда Востока» gazetasida «Роль метрологии при вступлении в ВТО» sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.

Maqolaning batafsil matni bilan «Правда Востока» gazetasining 2026-yil 18-apreldagi 77-sonida tanishishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “Rossiya sifat tizimi” avtonom notijorat tashkiloti o‘rtasida sifat sohasida hamkorlik va axborot almashinuvi to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.

Mazkur hujjat mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, standartlarni takomillashtirish, shuningdek, tajriba va ilg‘or amaliyotlar almashinuvini rivojlantirishga qaratilgan. O‘zbekiston tomonidan Bitimni Agentlik direktori — Jumanazarov Akmal Ruzikulovich imzoladi. Rossiya tomonidan esa “Rossiya sifat tizimi” ANO rahbari o‘rinbosari — Chumak Aleksandr Sergeyevich ishtirok etdi. Ushbu hamkorlik sheriklik aloqalarini mustahkamlash, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish hamda sifat sohasida zamonaviy yondashuvlarni […]
Metrologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik yanada rivojlanmoqda

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan metrologiya sohasini yanada rivojlantirish, zamonaviy o‘lchash infratuzilmasini takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida “Innoprom-2026” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya institutiga Chelyabinsk viloyati Sanoat, yangi texnologiyalar va tabiiy resurslar vaziri Knaub Mixail Yevgenevich boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida tomonlar […]
“INNOPROM-2026: Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi mintaqadagi sanoat hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qildi

2026-yil 20-22 aprel kunlari Toshkent shahrida oltinchi bor “INNOPROM-2026: Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Mazkur nufuzli tadbir so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mintaqasining eng yirik sanoat platformalaridan biriga aylanib, ishlab chiqarish, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ko‘rgazmada O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi tashkilot – O‘zbekiston milliy metrologiya instituti ham […]
2026-yilda Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan direktorlar murojaati

Har yili Butunjahon metrologiya kuni jamiyat hayotida o‘lchashlar qanday muhim o‘rin tutishini, shuningdek, o‘lchash natijalariga butun dunyo bo‘ylab ishonish, ularni solishtirish va ularga tayanish imkonini beradigan hamkorlikni yana bir bor yodga olish uchun imkoniyat yaratadi. Metrik Konvensiyasining 150-yilligi nishonlangan tarixiy yildan so‘ng, Butunjahon metrologiya kuni bizni kelajakka nigoh tashlashga chorlaydi. Bu yilgi mavzu – […]
O’zbekiston milliy metrologiya instituti ilmiy izlanuvchilari va mutaxassislari uchun «Patent-axborot qidiruviga oid tavsiyalar» mavzusida seminar o‘tkazildi

O’zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan o’tkazilgan seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Ixtiro va foydali modellar xizmati boshlig‘i Abdukadirov Ikram Toxirovich, “Intellektual mulk markazi” Intellektual mulk ob’yektlarini tijoratlashtirishga ko‘maklashish va hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati Toshkent shahar filiali bosh maslahatchisi Cho‘tbayev Shuxrat Daminovich hamda markaz Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari faoliyatini […]
“Yangi marralar sari parvoz” — Karyera kuni yuksak ruhda o‘tdi!

#Qashqadaryo_filiali “Yangi marralar sari parvoz” — Karyera kuni yuksak ruhda o‘tdi! 2026-yil 17-aprel kuni Qarshi xalqaro universitetida “Karyera kuni” va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar va bitiruvchilar uchun: — mahorat darslari — amaliy seminarlar — treninglar tashkil etildi Ishtirokchilar zamonaviy mehnat bozori talablari, ishga joylashish jarayonlari hamda shaxsiy brendni […]
Oʻzbekiston мilliy мetrologiya instituti 2026-yil 14–16-aprel kunlari Avstriyaning Vena shahrida boʻlib oʻtgan EURAMETning Termometriya boʻyicha Texnik qoʻmitasi (TC-T) yillik yigʻilishida ishtirok etdi.

Mazkur yigʻilish milliy metrologiya mnstitutlari oʻrtasida tajriba almashish hamda termometriya sohasidagi dolzarb rivojlanishlarni muhokama qilish uchun muhim maydon boʻlib xizmat qildi. Yigʻilish davomida Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining termometriya yoʻnalishidagi faoliyati boʻyicha taqdimot oʻtkazilib, milliy salohiyatni rivojlantirish borasidagi soʻnggi yutuqlar yoritib berildi. Xususan, 1990-yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (ITS-90)ni amalga oshirish laboratoriyasi, shuningdek, yaqinda tashkil etilgan namlik […]
Namangandagi korxona faoliyati atroflicha o‘rganildi

✅ Namangan viloyatida joylashgan “IFODA Agro Kimyo Himoya” MChJda o‘rganish ishlari olib borildi. ✅ “IFODA Agro Kimyo Himoya” MChJ ko‘p yillardan buyon respublikamizdagi dehqon va fermer xo‘jaliklari, shaxsiy tomorqa egalari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlarini o‘simliklarni himoya qilish vositalari va o‘g‘itlar bilan ta’minlash, shuningdek, ularni qo‘llash bo‘yicha amaliy maslahatlar berish faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. ✅Texnik […]