Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi “2025–2026-yillarda mamlakatimizda qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini targʻib etish ishlarini yanada jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VMQ-691-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Qatagʻon qurbonlarini yod etish – kelajakka saboq” mavzusida oʻtkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga qatagʻon yillari qurbonlarining ogʻir va mashaqqatli taqdiri, ularning Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yoʻlidagi fidokorona xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tarixiy adolatni tiklash, milliy xotirani asrab-avaylash hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik, hurmat va sadoqat tuygʻularini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.
Yakunda ishtirokchilar qatagʻon qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirib, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning yoshlar tarbiyasidagi oʻrni beqiyos ekanini alohida e’tirof etdilar.