#Jizzax_filiali
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasining Jizzax filiali tomonidan ООО “ADM JIZZAKH” mas’uliyati cheklangan jamiyatida navbatdagi davriy qiyoslash va kalibrlash ishlari amalga oshirildi. Ushbu jarayon davomida korxonada foydalanilayotgan o‘lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi hamda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va belgilangan standartlarga muvofiqligi har tomonlama sinchkovlik bilan tekshirildi.
Xususan, dinomometrik kalitlar namunaviy “DOTE500N4-G” o‘lchash vositasi yordamida qiyoslovdan o‘tkazilib, ularning texnik ko‘rsatkichlari belgilangan talablar asosida baholandi. Shuningdek, massa o‘lchash vositalari ham alohida e’tibor bilan tekshirilib, ular namunaviy tarozi hamda toshlarni qiyoslash to‘plami yordamida qiyoslashdan o‘tkazildi.
Mazkur qiyoslash ishlari ishlab chiqarish jarayonlarida o‘lchaslarning aniqligini ta’minlash, mahsulot sifatini oshirish hamda texnik xavfsizlik talablariga rioya etilishini kafolatlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, o‘lchash vositalarining o‘z vaqtida qiyoslanishi korxona faoliyatining samaradorligini oshirish va xalqaro standartlarga mos ishlashini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.