O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-apreldagi “Mahsulot sifatini oshirishga munosib hissa qo‘shgan mutaxassislar va korxonalarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 143-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Eng yaxshi metrolog” mukofotining ilk g‘oliblari e’lon qilindi.
▶️TAULBALDIYEV Azamat Askarovich – “Eng yaxshi yosh metrolog” nominatsiyasi g‘olibi.
A.Taulbaldiyev “Radiotexnik kattaliklar va ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash, putur yetkazmasdan tekshirish” bo‘limi bosh mutaxassisi
▶️MASHARIPOV Shodlik Masharipovich – “Ilmiy metrologiya yo‘nalishidagi eng yaxshi metrolog” nominatsiyasi g‘olibi. Sh. Masharipov Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikalashtirish” kafedrasi dotsenti, PhD.
▶️XO‘JAQULOV Dostonbek Abdurashid o‘g‘li «Amaliy metrologiya yo‘nalishidagi eng yaxshi metrolog» nominatsiyasi g‘olibi. D.Xo’jaqulov «Fizik-kimyoviy, optik-fizikaviy va harorat kattaliklari» boʻlimi etalon saqlovchisi.
▶️ZIYODULLAYEV Azizjon Ulug‘bek o‘g‘li – “Amaliy metrologiya yo‘nalishidagi eng yaxshi metrolog” nominatsiyasi sovrindori. A. Ziyodullayev O‘zbekiston standartlar instituti “Muvofiqlikni baholash va tasdiqlash ilmiy-tadqiqot” bo‘limi boshlig‘i.
“Eng yaxshi metrolog” mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, ushbu tanlov 2026-yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladi. U metrologiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy mahorati, ilmiy salohiyati va amaliy natijalarini baholashga qaratilgan muhim mexanizm hisoblanadi.