Mazkur tadbirda vazirlik va idoralar vakillari, metrologiya sohasida faoliyat yuritayotgan tizim tashkilotlari, yetakchi xorijiy kompaniyalar, mahalliy hamkor tashkilotlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbirni Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori, PhD Akmal Jumanazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida u metrologiyaning zamonaviy iqtisodiyot, sanoat va xalqaro savdo tizimidagi muhim o‘rni, shuningdek, o‘lchovlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlashdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.
2026-yilda Butunjahon metrologiya kuni Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi (BIPM) tomonidan ilgari surilgan “Metrologiya: muhim qarorlarni qabul qilishda ishonchni mustahkamlash” shiori ostida keng nishonlanmoqda. Tadbir avvalida BIPM direktori Dr. Annette Coo ning bayram munosabati bilan yo‘llagan murojaati tinglandi.
Shuningdek, tadbir davomida COOMET prezidenti, xorijiy kompaniyalar vakillari hamda onlayn tarzda ishtirok etgan Ozarbayjon va Nigeriyalik professorlar so‘zga chiqib, soha vakillarini Butunjahon metrologiya kuni bilan tabrikladilar hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbir doirasida metrologiya sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, xalqaro tajriba va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.