Metrologiya insoniyat taraqqiyotining eng muhim tayanchlaridan biri hisoblanadi. Qadim zamonlardanoq odamzod atrof-muhitni anglash, savdo-sotiqni rivojlantirish va ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun aniq oʼlchashlarga ehtiyoj sezgan. Bugungi kunda esa metrologiya nafaqat ilmiy sohaning ajralmas qismi, balki zamonaviy iqtisodiyot va sanoat taraqqiyotini belgilab beruvchi strategik yoʼnalishga aylandi.
Аyniqsa, kimyo sanoatida metrologiyaning oʼrni beqiyos. Bu tarmoqda har bir texnologik jarayon – xomashyoni qabul qilishdan tortib, tayyor mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berishgacha – aniq va ishonchli oʼlchashlarga asoslanadi. Reaksiya sharoitlari, komponentlar miqdori, harorat va bosim koʼrsatkichlari, moddalarning tozalik darajasi kabi omillarning barchasi metrologik na zoratni talab etadi. Аynan shu nazo rat orqali mahsulot sifati taʼminla nadi, ishlab chiqarishda barqaror likka erishiladi va xavfsizlik kafolat lanadi.
“Oʼzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimida metrologiya xizmatiga alohida e‛tibor qaratilib, uni yanada rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Bugungi kunda korxonalarimizda zamonaviy oʼlchash va nazorat vositalari joriy etilmoqda, laboratoriyalar xalqaro talablar asosida jihozlanmoqda. Oʼlchash vositalarini oʼz vaqtida kalibrovka va verifikatsiyadan oʼtkazish, ularning aniqligi va ishonchliligini taʼminlash boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga raqamlashtirish jarayonlari doirasida avtomatlashtirilgan oʼlchash tizimlarini joriy etish, maʼlumotlarni onlayn monitoring va tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa ishlab chiqarish jarayonlarini samarali boshqarish, inson omili ta‛sirini kamaytirish va tezkor qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kimyo sanoati korxonalarida atrof-muhit holatini uzluksiz monitoring qilish, oʼlchash natijalarining aniqligi va ishonchliligini taʼminlash maqsadida metrologik talablarga muvofiq 7 ta gaz analizatori va 34 ta ekopost oʼrnatilgan boʼlib, ular Milliy ekologiya qoʼmitasining yagona axborot tizimiga integratsiya qilindi.
Ilgari foydalanilgan eski turdagi oʼlchash vositalari oʼrniga 20 dan ortiq avto va temir yoʼl tarozilari zamonaviy elektron raqamli tarozilarga almashtirilib, ular 1C axborot tizimi bilan integratsiya qilindi, natijada mahsulot harakati avtomatik hisobga olinmoqda.
Ishlab chiqarish liniyalarida eski uskunalar oʼrniga 50 dan ortiq fasovka uskunalari zamonaviy elektron dozatorlar bilan jihozlandi, bu esa mahsulotni aniq dozalash va inson omilini minimallashtirish imkonini bermoqda. Shuningdek, tayyor mahsulotni uzluksiz nazorat qilish maqsadida 10 ga yaqin lentali (konveyer) tarozilar oʼrnatildi va ishlab chiqarish jarayoniga integratsiya qilindi.
Shu bilan birga asosiy texnologik uzellardagi 10 ga yaqin gaz hisobga olish uskunalari zamonaviy turlarga almashtirilib, ular yagona IT tizimiga ulandi, bu esa resurslar sarfini real vaqt rejimida kuzatish imkonini bermoqda.
Mahsulot yetkazib berish zanjirini nazorat qilish maqsadida 300 dan ortiq vakolatli omborlar qamrab olindi hamda 110 ga yaqin yuk tashish transport vositalariga GPS kuzatuv qurilmalari oʼrnatildi, natijada mahsulot harakatini onlayn rejimda monitoring qilish imkoniyati yaratildi.
Аmalga oshirilgan mazkur ishlar natijasida ishlab chiqarish jarayonlarining shaffofligi oshdi, resurslar sarfi toʼliq raqamli nazoratga olindi, ekologik nazorat va monitoring tizimi kuchaytirildi, inson omili taʼsiri kamaydi hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish tezlashdi.
Xalqaro standartlarga muvofiqlikni taʼminlash ham “Oʼzkimyosanoat” АJ faoliyatining muhim yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi. Mahsulotlarimizning jahon bozorida raqobatbardosh boʼlishi, eksport salohiyatining oshishi, xorijiy hamkorlar bilan ishonchli munosabatlarni yoʼlga qoʼyish – bularning barchasi metrologiya tizimining rivojlanganligiga bevosita bogʼliq.
2026-yil 13-aprel sanasida Oʼzbekiston Xalqaro tarozi va oʼlchovlar byurosi (BIPM) aʼzoligiga rasman qabul qilindi. Mazkur muhim qadam mamlakatimiz metrologiya tizimi rivojida yangi bosqichni boshlab berdi. Xususan, ushbu aʼzolik orqali xalqaro oʼlchov standartlarini ishlab chiqish jarayonlarida ishtirok etish, BIPM hamda uning konsultativ qoʼmitalari faoliyatida toʼliq qatnashish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, milliy kadrlarning xalqaro darajada malakasini oshirish, oʼlchashlar birligini xalqaro talablar asosida taʼminlash, mahalliy mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligini kuchaytirish, investorlar ishonchini yanada mustahkamlash, eksport salohiyatini kengaytirish hamda xalqaro reyting va indekslarda mamlakat pozitsiyalarini yaxshilash uchun mustahkam asos shakllantirildi. Bu oʼz navbatida kimyo sanoati uchun ham yangi imkoniyatlarni yaratadi.
Shu oʼrinda alohida taʼkidlash joizki, metrologiya nafaqat iqtisodiy samaradorlikni kafolatlaydi, balki ekologik barqarorlik va sanoat xavfsizligini taʼminlashda ham muhim oʼrin tutadi. Zaharli moddalar chiqindilarini nazorat qilish, havo va suv ifloslanishini aniqlash, xavfli ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring qilish kabi masalalarda aniq oʼlchashlar hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Qadrli metrologlar, soha fidoyilari!
Sizlarning zahmatli va masʼuliyatli mehnatingiz orqali ishlab chiqarish jarayonlarida aniqlik va ishonch taʼminlanmoqda. Har bir toʼgʼri oʼlchov – bu sifatli mahsulot, xavfsiz ishlab chiqarish va barqaror taraqqiyot deganidir. Sizlar oʼz mehnatingiz bilan nafaqat korxonalarimiz, balki butun mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga munosib hissa qoʼshmoqdasiz.
20-may – Xalqaro metrologiya kuni munosabati bilan barchangizni chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarga mustahkam sogʼliq, oilangizga baxt-saodat, kasbiy faoliyatingizda yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilayman. Ilmiy izlanishlaringiz va amaliy ishlaringiz doimo yuksak natijalarga olib kelsin.
Yurtimiz sanoati taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yoʼlidagi sharafli faoliyatingiz bardavom boʼlsin!
Hurmat bilan,
“Oʼzkimyosanoat” АJ Boshqaruv raisi,
Temirov Odil Shukurovich
