O‘lchashlar yagona birlikda bo‘lishni ta’minlash borasida 3 ta yangi milliy standartlar tasdiqlandi.

Neft va gaz, kommunal xo‘jaligi sohalarida foydalaniladigan hamda xalqaro talablarga muvofiqlashtirilgan 3 ta yangi milliy standartlar ishlab chiqilib, tasdiqlandi. ✅O‘zMSt 935:2026 O‘zbekiston Respublikasining O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. “Yoqilg‘i va energiya. Hisobga olish vositalari bilan jihozlash va ularni ekspluatatsiya qilish”; ✅O‘zMSt 936:2026 O‘zbekiston Respublikasining O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. “Oʻzgaruvchan bosimlar farqi usulida ishlovchi oʻlchash tizimlari. […]
Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti COOMET doirasidagi xalqaro qo‘shimcha solishtirishda ishtirok etdi

Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti COOMET (Yevro-Osiyo davlatlararo metrologiya muassasalari hamkorligi) doirasida hajm oʻlchashlar yoʻnalishi boʻyicha tashkil etilgan xalqaro qoʻshimcha solishtirishda ishtirok etdi. Mazkur loyiha Xalqaro Oʻlchovlar va Tarozilar Byurosi (BIPM)ning Asosiy Solishtirishlar Maʼlumotlar Bazasida (KCDB) COOMET.M.FF-C14.a rasmiy kodi bilan roʻyxatga olingan. Solishtirishning asosiy texnik tavsifi: Mintaqaviy metrologiya tashkiloti: COOMET (Yevro-Osiyo davlatlararo metrologiya muassasalari hamkorligi); Oʻlchash […]
O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti xalqaro kalit solishtirish loyihasida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti COOMET (Yevro-Osiyo davlatlararo metrologiya muassasalari hamkorligi) doirasida kuch o‘lchashlar yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro kalit solishtirish (Key Comparison) loyihasida ishtirok etmoqda. Mazkur loyiha Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM)ning Asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasi (KCDB)da COOMET.M.F-K3.a rasmiy kodi bilan ro‘yxatga olingan. Loyihaning asosiy texnik ma’lumotlari quyidagilardan iborat: Mintaqaviy tashkilot: COOMET (Yevro-Osiyo davlatlararo metrologiya muassasalari […]
O‘zMMI va Italiyaning INRiM instituti o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlik muhokama qilindi

2026-yil 8-iyul kuni O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va Italiyaning Milliy metrologik tadqiqotlar instituti — INRiM o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki tomon mas’ullari ishtirok etib, institutlarning faoliyati, ilmiy-texnik salohiyati, metrologiya xizmatlari, kvant metrologiyasi, kadrlar malakasini oshirish hamda EURAMET doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv kun tartibiga muvofiq, dastlab O‘zMMI tomonidan institutning tashkiliy tuzilmasi, milliy […]
O‘zMMI mutaxassislari hajm o‘lchash va tarozi toshlarining zichligini aniqlash vositalarini kalibrlashda qo‘llanadigan texnologiyalarni o‘rgandilar

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) mutaxassislari Shaanxi Institute of Metrology Science (SIMS) institutiga ish tashrifining yo‘nalishlaridan biri mikrolitr o‘lchash intervalida gravimetrik usul bilan hajm o‘lchash, shuningdek tarozi toshlarining zichligini aniqlash vositalarini kalibrlash sohasida qo‘llanadigan usul va texnologiyalarni o‘rganish bo‘ldi. Mutaxassislar ushbu turdagi o‘lchashlarni bajarishning yuqori aniqlik darajasini va metrologik kuzatiluvchanlikni taʼminlaydigan texnik yechimlari, qo‘llanadigan asbob-uskunalari […]
Oʻzbekiston Milliy Metrologiya Instituti mutaxassislari Shaanxi Institute of Metrology Science (SIMS) faoliyati bilan tanishdilar

Xitoy Xalq Respublikasiga ishchi tashrifi doirasida Oʻzbekiston Milliy Metrologiya Instituti mutaxassislari Sian shahridagi Shaanxi Institute of Metrology Science (SIMS)ga tashrif buyurdilar. UzMMI mutaxassislari institutning laboratoriya majmuasi, uning tashkiliy tuzilmasi, texnik jihozlari va oʻlchovlarning bir xilligini taʼminlashning zamonaviy yondashuvlari bilan tanishdilar. Delegatsiya uzunlik, massa, bosim, vakuum, harorat, akustika, kuch, elektr kattaliklari, hajm, oqim va tibbiy oʻlchovlar […]
Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor: Agentlik tizimida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda uning tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Agentlik direktori Akmal Jumanazarov so‘zga chiqib, tizimda faoliyat yuritayotgan yosh olimlar va mutaxassislarning yutuqlari, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda soha uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan […]
O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Sirdaryo va Jizzax filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag’ishlangan seminar o‘tkazildi

Filiallar rahbarlari va xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida korrupsiya mansab vakolatidan noqonuniy foydalanib shaxsiy manfaat ko‘zlash ekani, uning jamiyat va davlat boshqaruviga salbiy ta’siri haqida tushuntirish berildi. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uni aniqlash va oldini olishning huquqiy asoslari ham muhokama qilindi. Seminarda xodimlarga xizmat vazifalarini […]
Ta’lim va amaliyot uyg‘unlashmoqda: Jizzax politexnika instituti hamda UzMMI Jizzax filiali hamkorlikni kuchaytiradi

Jizzax politexnika instituti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ta’lim, ilm-fan hamda ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish maqsadida “UzMMI” davlat muassasasi Jizzax filialiga tashrif buyurdi. Tashrifda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Jamshid Abdunazarov, “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi mudiri Faxriddin Isroilov hamda kafedra o‘qituvchilari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida magistrlik dissertatsiyalari mavzularini kalibrlash laboratoriyalari va ishlab chiqarishning amaliy ehtiyojlaridan […]
O‘zbekistonlik yosh metrologlar Fransiyadagi nufuzli xalqaro yozgi maktabda malaka oshirmoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) xodimlari jahon metrologiyasining eng yuqori bo‘g‘inlarida tajriba almashishni boshladi. Institutning ikki nafar mutaxassisi Fransiya Respublikasining Sevr shahrida joylashgan Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM) bosh qarorgohida o‘tkazilayotgan nufuzli yozgi maktabda ishtirok etmoqda. Joriy yilning 29-iyunidan 2-iyuligacha davom etadigan ushbu tadbir “CIPM MRA Summer School: Supporting RMO TC/WG Chairs (CBKT-Future-Leaders)” deb […]