Filiallar rahbarlari va xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir davomida korrupsiya mansab vakolatidan noqonuniy foydalanib shaxsiy manfaat ko‘zlash ekani, uning jamiyat va davlat boshqaruviga salbiy ta’siri haqida tushuntirish berildi. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uni aniqlash va oldini olishning huquqiy asoslari ham muhokama qilindi.
Seminarda xodimlarga xizmat vazifalarini bajarishda halollik, shaffoflik va qonun ustuvorligiga amal qilish zarurligi alohida ta’kidlandi. Bundan tashqari, korrupsion xavflarni kamaytirish, inson omilini qisqartirish hamda elektron tizimlardan samarali foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, amaliy tavsiyalar bilan tanishtirildi.