O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti COOMET (Yevro-Osiyo davlatlararo metrologiya muassasalari hamkorligi) doirasida kuch o‘lchashlar yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro kalit solishtirish (Key Comparison) loyihasida ishtirok etmoqda.
Mazkur loyiha Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM)ning Asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasi (KCDB)da COOMET.M.F-K3.a rasmiy kodi bilan ro‘yxatga olingan.
Loyihaning asosiy texnik ma’lumotlari quyidagilardan iborat:
Mintaqaviy tashkilot: COOMET (Yevro-Osiyo davlatlararo metrologiya muassasalari hamkorligi);
O‘lchash diapazoni: 50 kN, 100 kN, 500 kN va 1000 kN;
Pilot laboratoriya: D.I. Mendeleyev nomidagi Butunrossiya metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIM, Rossiya);
Ishtirokchilar: O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston va Saudiya Arabistoni milliy metrologiya institutlari.
Ushbu xalqaro kalit solishtirish loyihasida ishtirok etish O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining kuch o‘lchash sohasidagi etalonlarining xalqaro darajada tan olinishi, o‘lchash natijalarining ishonchliligi va taqqoslanuvchanligini ta’minlash, shuningdek, mamlakatimiz metrologiya tizimining xalqaro hamkorlikdagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
