Yoshlar kuni munosabati bilan korrupsiyaga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy bilim va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir Institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorati bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi. Tadbirda mehmon sifatida Jamoat xavfsizligi universiteti doktoranti Baqoyev Shahzod Hasan o‘g‘li ishtirok etdi. Uchrashuv davomida korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari KOOMETning “Termometriya va issiqlik fizikasi” TTQ 23-yig‘ilishida ishtirok etmoqda

2026 yil 15–16 sentyabr kunlari O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari Solnechnogorsk shahrida VNIIFTRI bazasida o‘tkazilayotgan KOOMET “Termometriya va issiqlik fizikasi” TTQ 23-yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Yig‘ilish doirasida termometriya va issiqlik fizikasi sohasidagi xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalari, CIPM MRA kelishuvini amalga oshirish, xalqaro solishtirishlarni o‘tkazish, kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlarini (CMC) ekspertizadan o‘tkazish, ekspertlik salohiyatini rivojlantirish hamda KCDB […]
O‘zbekiston milliy metrologiya institutida 42-chi etalon ishga tushirildi

Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining yuqori aniqlikdagi oʻzgarmas tok qarshiligi boshlangʻich etaloni ishga tushirildi. Mazkur etalon yordamida energetika tizimidagi oʻzgarmas tok qarshiligi oʻlchash vositalari va koʻpriklari 0,1 mΩ dan 20 PΩ gacha oʻlchash koʻlamida, 10 ppm aniqlikda oʻlchash imkoniyatiga erishiladi. Hozirda ushbu etalon yordamida Ko‘rfaz metrologiya assotsiatsiyasi (GULFMET) doirasidagi GULFMET.EM-K2 asosiy solishtirishlar loyihasida oʻlchashlar amalga oshirilmoqda. […]
Davlat etalonlari xaridi: Aerozollarning ommaviy konsentratsiyasini o‘lchash vositalarini tekshirish uchun qurilma namunasini yaratish maqsadida Submikron zarrachalar parametrlarini kalibrovka qilish stendini xarid qilish bo’yicha tender boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 15-avgustdagi topshirig‘ida belgilangan muammolarni ilmiy jihatdan hal qilishga qaratilgan Ilmiy faoliyat bo‘yicha Davlat maqsadli dasturi doirasida amalga oshiriladigan amaliy tadqiqot loyihalari tanlovi doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda AL-9324104939 “Аerozollarning ommaviy kontsentratsiyasini o‘lchash vositalarini tekshirish uchun qurilma namunasini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot […]
E’lon! Davlat etalonlari xaridi: Gaz qorishmalarini tayyorlash laboratoriya majmuasi

Davlat etalonlari xaridi: Gaz qorishmalarini tayyorlash laboratoriya majmuasi ISO 6142 «Gas analysis — Preparation of calibration gas mixtures» standarti talablariga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan boshqa umumiy qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilish sinov uskunalari va yordamchi jihozlari kompleksi bo’yicha tender boshlandi. Vazirlar Maxkamasining tegishli qarori ijrosini ta’minlash hamda yuqori aniqlikdagi gaz qorishmalarini […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari EURAMET TC-M yillik yig‘ilishida ishtirok etdi

2026-yil 7-10-sentabr kunlari Estoniyaning Tallin shahrida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari EURAMET massa va u bilan bog‘liq kattaliklar bo‘yicha Texnik qo‘mitasining (TC-M) yillik yig‘ilishida ishtirok etdilar. O‘zMMI vakillari tadbirning massa, bosim, kuch va aylanma moment, zichlik va yopishqoqlik, gravimetriya, qattiqlik, shuningdek, dinamik o‘lchovlar, raqamlashtirish va strategik rivojlanish masalalarini qamrab olgan barcha texnik sessiyalarida ishtirok etdi. […]
Yoshlar — tarixni anglab, kelajakni bunyod etadi

Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti yoshlari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida «Islom Karimov ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi»da bo‘ldilar. Tashrif davomida yoshlar muzey ekspozisiyalari, tarixiy hujjatlar, fotosuratlar va shaxsiy buyumlar bilan tanishib, Islom Karimovning hayoti va davlatchilik faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mazkur tashrif yoshlarning […]
O‘zbekiston va Ruminiya: texnik tartibga solish sohasidagi hamkorlik yangi bosqichda

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Ruminiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniel Kristian Chobanu bilan uchrashdi. Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, sertifikatlashtirish, bozor nazorati hamda mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar izchil […]
O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti vakillari хalqaro seminarda ishtirok etdi

Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida Osiyo-Tinch okeani qonuniy metrologiya forumi (APLMF), Xalqaro qonuniy metrologiya tashkiloti (OIML) hamda Bozorni tartibga solish davlat ma’muriyati (SAMR) hamkorligida OIML sertifikatlash tizimini (OIML-CS) qo‘llash va “Harakatdagi yo‘l transport vositalarining massasini avtomatik tortish va o‘qlarga tushadigan yuklamani o‘lchash” bo‘yicha OIML R 134 Xalqaro tavsiyasini qayta ko‘rib chiqish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan xalqaro onlayn trening tashkil etildi

Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya tashkiloti Metpologiya kengashi (SMİİC MC) (https://mc.smiic.org/en/calendar/smiic-mc-activities) doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 7 sentyabr kuni “Time scale difference. Local clock vs. UTC(k) measurement uncertainty calculation” mavzusida xalqaro darajadagi onlayn trening tashkil etildi. Trening davomida milliy vaqt shkalalarini shakllantirish va […]