Aniq vaqt

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida 42-chi etalon ishga tushirildi

Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining yuqori aniqlikdagi oʻzgarmas tok qarshiligi boshlangʻich etaloni ishga tushirildi. Mazkur etalon yordamida energetika tizimidagi oʻzgarmas tok qarshiligi oʻlchash vositalari va koʻpriklari 0,1 mΩ dan 20 PΩ gacha oʻlchash koʻlamida, 10 ppm aniqlikda oʻlchash imkoniyatiga erishiladi.

Hozirda ushbu etalon yordamida Ko‘rfaz metrologiya assotsiatsiyasi (GULFMET) doirasidagi GULFMET.EM-K2 asosiy solishtirishlar loyihasida oʻlchashlar amalga oshirilmoqda. Mazkur yuqori aniqlikdagi etalonni ishga tushirish va yangi tashkil etilgan laboratoriya infratuzilmasi bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati yaqindan tanishtirildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil