O‘zbekiston milliy metrologiya institutida Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy bilim va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
![]() |
![]() |
Tadbir Institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorati bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi. Tadbirda mehmon sifatida Jamoat xavfsizligi universiteti doktoranti Baqoyev Shahzod Hasan o‘g‘li ishtirok etdi. Uchrashuv davomida korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, korrupsiyaning oldini olishning samarali mexanizmlari, yoshlar o‘rtasida halollik, mas’uliyat va qonunga hurmat tamoyillarini mustahkamlash, yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faolligini oshirish va huquqiy savodxonligini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish har bir yoshning fuqarolik mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr almashdilar.

