2026 yil 15–16 sentyabr kunlari O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari Solnechnogorsk shahrida VNIIFTRI bazasida o‘tkazilayotgan KOOMET “Termometriya va issiqlik fizikasi” TTQ 23-yig‘ilishida ishtirok etmoqda.
![]() |
![]() |
![]() |
Yig‘ilish doirasida termometriya va issiqlik fizikasi sohasidagi xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalari, CIPM MRA kelishuvini amalga oshirish, xalqaro solishtirishlarni o‘tkazish, kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlarini (CMC) ekspertizadan o‘tkazish, ekspertlik salohiyatini rivojlantirish hamda KCDB 2.0 platformasi bilan ishlash masalalari ko‘rib chiqilmoqda. O‘zMMI mutaxassislari institut laboratoriyalarining termometriya va issiqlik fizikasi sohasidagi faoliyati va joriy imkoniyatlari, shuningdek etalon bazasini yanada rivojlantirish va metrologik imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha rejalar haqida maʼlumot taqdim etdilar.
TTQ faoliyatida ishtirok etish milliy metrologiya institutlari bilan professional hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va O‘zMMIning xalqaro hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Yig‘ilishdagi ishtirok O‘zMMIning xalqaro miqyosda tan olingan o‘lchash imkoniyatlarini yanada rivojlantirish, xalqaro solishtirishlarda ishtirokini kengaytirish hamda kelgusida yangi CMC qatorlarni BIPMning xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun alohida ahamiyatga egadir.


