Aniq vaqt

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan xalqaro onlayn trening tashkil etildi

Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya tashkiloti Metpologiya kengashi (SMİİC MC) (https://mc.smiic.org/en/calendar/smiic-mc-activities) doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 7 sentyabr kuni “Time scale difference. Local clock vs. UTC(k) measurement uncertainty calculation” mavzusida xalqaro darajadagi onlayn trening tashkil etildi.

Trening davomida milliy vaqt shkalalarini shakllantirish va taqqoslash, UTC(k) va mahalliy vaqt shkalasi o‘rtasidagi farqni o‘lchash, shuningdek, amalga oshirilgan o‘lchashlarning noaniqligini baholash va hisoblash usullari bo‘yicha ma’ruzalar va texnik taqdimotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga O‘zMMIning Vaqt va chastota laboratoriyasining o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlari (CMC), milliy vaqt shkalasining xalqaro vaqt shkalalari bilan metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda amaliy o‘lchash jarayonlari haqida ma’lumot taqdim etildi.

Mazkur trening vaqt va chastota metrologiyasi sohasida xalqaro tajriba almashish, zamonaviy o‘lchash va noaniqlikni baholash yondashuvlarini ommalashtirish hamda SMIIC MC doirasidagi professional hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil