Aniq vaqt

E’lon! Davlat etalonlari xaridi: Gaz qorishmalarini tayyorlash laboratoriya majmuasi

Davlat etalonlari xaridi: Gaz qorishmalarini tayyorlash laboratoriya majmuasi ISO 6142 «Gas analysis — Preparation of calibration gas mixtures» standarti talablariga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan boshqa umumiy qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilish sinov uskunalari va yordamchi jihozlari kompleksi bo’yicha tender boshlandi.

Vazirlar Maxkamasining tegishli qarori ijrosini ta’minlash hamda yuqori aniqlikdagi gaz qorishmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish maqsadida: Mahalliy ishlab chiqarilgan gaz aralashmalari nafaqat yuqori sifat va ishonchlilikni ta’minlaydi, balki import qilinadigan gaz aralashmalariga boʻlgan ehtiyojni kamaytiradi va mablagʻlarni tejash uchun zamin yaratadi.

Shuningdek, gaz aralashmalarini aniq kalibrlash atmosfera va sanoat chiqindilari tarkibini ishonchli baholash imkonini beradi, bu esa ekologik nazorat va xavfsizlik choralarini yanada samarali amalga oshirishga yordam beradi.

Shu munosabat bilan «O’zMMI» DM tomonidan davlat xaridlarining elektron tizimi – etender.uzex.uz maxsus axborot portalida cheklanmagan miqdordagi shaxslar ishtiroki uchun еng yahshi kelib tushgan taklif prinspi asosida tender o’tkazilishi to’g’risidagi e’lon hamda tender hujjatlari joylashtirildi.

Tender ma’lumotlari:
Lot raqami: 26120012507917 (https://etender.uzex.uz/lot/507917)
Xarid predmeti:  Gaz qorishmalarini tayyorlash laboratoriya majmuasi ISO 6142 «Gas analysis — Preparation of calibration gas mixtures» standarti talablariga muvofiq
Tender hujjatlarini qabul qilishning yakuniy muddati: 2026-yil 18-sentabr.

Barcha manfaatdor yetkazib beruvchilar va ishtirokchilar belgilangan muddatga qadar davlat xaridlarining elektron tizimi orqali tenderda ishtirok etishlari mumkin.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil