Aniq vaqt

Yoshlar — yangi hayot va yangi kelajak bunyodkorlari!

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar uchun mazmunli va ko‘tarinki ruhdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yoshlikning bebaho davri, orzu-maqsad sari intilish, izlanish va o‘z ustida ishlashning ahamiyati haqida samimiy fikrlar almashildi. Zero, hayotning eng qimmatli saboqlari nafaqat kitoblardan, balki katta hayot yo‘lini bosib o‘tgan, o‘z mehnati va iste’dodi bilan el mehrini qozongan insonlar tajribasidan ham o‘rganiladi.

Tadbirning maxsus mehmoni — kino olamining taniqli va sevimli aktyori Ulug‘bek Qodirov yoshlar bilan uchrashib, o‘zining ijodiy faoliyati, kino san’atidagi tajribasi, hayotiy qarashlari va muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘li haqida so‘zlab berdi. Samimiy suhbat, qiziqarli savol-javoblar va ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ayniqsa, aktyorning ijod yo‘lidagi qiziqarli voqealari va hayotiy mulohazalari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Uchrashuv yoshlarni ezgu maqsadlar sari dadil intilish, o‘z iste’dodini namoyon etish va kelajak uchun munosib poydevor yaratishga ilhomlantirgan samimiy muloqotga aylandi.

📸 Tadbir yakunida unutilmas lahzalar suratlarda muhrlanib, yoshlar uchun yana bir yorqin xotira bo‘lib qoldi.

Yoshlar — bugunning faol kuchi, ertangi kunning bunyodkorlaridir!

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil