Aniq vaqt

Andijon viloyatida xorijiy investorlar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM direktor o‘rinbosari M. Azimov hamda Institutning Andijon filiali rahbari N.Patidinov Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan xitoylik investorlar ishtirokidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdilar.

Tashrif doirasida elektron suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “SANCHUAN TECHNOLOGY” MCHJ korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Muloqot davomida korxona faoliyatida mavjud muammolar, ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni hamkorlikda hal etish hamda istiqboldagi ishlarni muvofiqlashtirib borish yuzasidan kelishib olindi.

Shuningdek, gidroelektr stansiyalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Andijan Jinlun yangi energiya” MCHJ xorijiy korxonasida ham bo‘lib, korxona faoliyati va mavjud ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi. Uchrashuv yakunida korxonada aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda metrologiya sohasi bo‘yicha kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarida o‘zaro kelishuvga erishildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil