Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida Yevroosiyo hamkorligi doirasidagi metrologiya muassasalari — COOMET tashkilotining “Massa va unga bog‘liq kattaliklar” texnik qo‘mitasi (TQ 1.6)ning 30-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Yig‘ilishda COOMETga a’zo davlatlarning milliy metrologiya institutlari vakillari ishtirok etib, texnik qo‘mita faoliyatining joriy holati, amalga oshirilayotgan xalqaro solishtirishlar, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Tadbirda O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) vakillari ham faol ishtirok etdi. Xususan, COOMET TQ 1.6.6 “Oqim” quyi qo‘mitasi rahbari Alisher Botirov tomonidan quyi qo‘mitaning 2025–2026 yillardagi faoliyati, amalga oshirilayotgan xalqaro solishtirishlar hamda ularning joriy holati yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Shuningdek, yig‘ilish doirasida suyuqlik va gaz sarfini o‘lchash sohalarida xalqaro solishtirishlarning navbatdagi bosqichlarini tashkil etish istiqbollari alohida muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida sarfni o‘lchash sohasida yangi xalqaro solishtirishlarni tashkil etish, milliy metrologiya institutlarining o‘lchash va metrologik imkoniyatlarini rivojlantirish, shuningdek, COOMETga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur yig‘ilish metrologiya sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va sarf o‘lchash yo‘nalishida zamonaviy metrologik yondashuvlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.



