Izlanuvchan metrologlar uchun ilmiy-amaliy seminar tashkil qilindi

Bugun O‘zbekiston milliy metrologiya institutida faoliyat olib borish davomida ilmiy izlanishlar bajarayotgan mutaxassis xodimlar va Oliy ta’lim muassasalari proqessor o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Institutda tashkil etilgan o‘chrashuvda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Paraxat Matyakubova izlanuvchan mutaxassislar uchun ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada ilmiy izlanishlar […]
Metrologiya boʻyicha xalqaro tanlov eʼlon qilindi

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengash (MGS) “MDH MGS ning eng yaxshi yosh metrogogi” xalqaro tanlovini eʼlon qildi. Xalqaro tanlov MGSga aʼzo Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlarining yosh metrologlari orasida quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi: – Ilmiy metrologiya yoʻnalishida MDH MGSning eng yaxshi yosh metrologi; – Amaliy metrologiya yoʻnalishida MDH MGSning eng yaxshi yosh metrologi; – […]
O‘zbekiston Global sifat infratuzilma indeksida yuqorilamoqda

Global sifat infratuzilma indeksida (Global Quality Infrastructure Index (GQII) 2019 yilga qadar sifat indeksi bo‘yicha past ko‘rsatkichga ega qizil rangdagi Ozarbayjon, Nigeriya, Zimbabve, Umon davlatlar qatorida bo‘lganligi bois ushbu reytingga Respublikamiz kiritilmagan edi. Endilikda akkreditatsiya, metrologiya va standartlashtirish sohalaridagi islohotlar natijasida 2021-yildan boshlab O‘zbekiston 82-o‘rin bilan ro‘yxatga kiritildi ( https://gqii.org/gqii-2021/ ). 2023-yil yakunlariga asosan 185 […]
Xorijiy investorga metrologiyaga doir tushunchalar berildi

Bugun “EMBRACESEA” ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona (Koreya) vakillari Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti ma’sullari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Uchrashuvda “EMBRACESEA” xorijiy korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni metrologik ta’minoti masalalari muhokama qilindi. Shuni ta’kidlash joizki, mazkur korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot innovatsion xususiyatga ega bo‘lganligi uchun aniq o‘lchashlarning roli muhim ekanligi ta’kidlandi. Xorijiy korxona mas’ullari suhbat […]
Yuqori aniqlikdagi o‘lchashlar – sifat kafolati

Bugungi kunda mahsulot sifati va o‘lchashlar aniqligi ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlarida asosiy omillardan biridir. Bu esa qo‘llanilayotgan o‘lchash vositalarining aniqligi va ishonchliligini kafolatlaydigan kalibrlash ishlarini rivojlantirishga ehtiyoj tug’diradi. Qiyoslash va kalibrlash laboratoriyasi sanoatning turli tarmoqlarida, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarishda, o‘lchashlarning sifati va aniqligini ta’minlashda muhim vazifalarni bajaradi. Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Xorazm filiali mutaxassislari tomonidan […]
Institutning yangilangan sayti test rejimida ishga tushirildi

Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida olib borilayotgan ilmiy, texnikaviy yangilanishlar faoliyatning barcha jabhalarida birday olib borrilmoqda. Hamkorlarga qulaylik yaratilib, institutga qilinadigan murojaatlar, shartnoma tuzish va guvohnomalar taqdim qilish mana bir necha yildirki onlayn shaklda olib borilmoqda. Shuningdek, institut tarixidan boshlab, bugungi faoliyatga doir barcha harakatlar institutning rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida yoritilib kelinmoqda. […]
Yangi yilda yangi milliy etalonlar ishga tushirildi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti faoliyati davomida 2023 yilda ham jamoaning samarali mehnati, izlanish va talabchanligi o‘z natijasini ko‘rsatdi. Qisqa vaqt mobaynida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib milliy metrologiya sohasini rivojlantirish yana bir pog‘onaga ko‘tarildi. Natijada metrologik infratuzilmaning asoslaridan biri bo‘lgan milliy etalonlar bazasi 23 tadan 29 taga ko‘paytirildi. Yangidan ishga tushirilgan 6 ta etalonlar O‘zbekiston […]
Matbuot xizmati faoliyati raqamlarda
Bayramona xushxabar

Yangi yil arafasida O‘zbekiston akkreditatsiya markazi bir qator akkreditatsiya obyektlarining akkreditatsiya va davriy baholash natijalari bo‘yicha xulosa berdi. “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM Jizzax filiali akkreditatsiya ob’yekti O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablariga muvofiq kalibrlash laboratoriyasi sifatida akkreditatsiya qilindi. “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM Navoiy filial kalibrlash laboratoriyasining O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablariga muvofiq […]
Natijalar raqamlarda

Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida 2023-yilda amalga oshirilgan eng asosiy 10 ta natijalar: 1. Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish faoliyatining xususiy sektor tomonidan ham amalga oshirilishini taʼminlashga qaratilgan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqidagi Qonuni qabul qilindi; 2. Respublikada aniq vaqt xizmatini tashkil qilish maqsadida vaqt va chastota (GLONASS va GPS) etalonini ishga tushirish va […]