Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Yangi yilda yangi milliy etalonlar ishga tushirildi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti faoliyati davomida 2023 yilda ham  jamoaning samarali mehnati, izlanish va talabchanligi o‘z natijasini ko‘rsatdi. Qisqa vaqt mobaynida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib milliy metrologiya sohasini rivojlantirish yana bir pog‘onaga ko‘tarildi. Natijada metrologik infratuzilmaning asoslaridan biri bo‘lgan milliy etalonlar bazasi 23 tadan 29 taga ko‘paytirildi.

Yangidan ishga tushirilgan 6 ta etalonlar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyasining qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida milliy etalonlar sifatida tasdiqlandi va milliy etalonlar soni 29 taga yetdi.

Endilikda,

  1. Kinematik qovushqoqlik birligi,
  2. Qattiq jismlar tebranma harakatidagi tezlik, tezlanish va uzunlik birliklari,
  3. Vaqt, chastota va milliy vaqt shkalasi UTC (UZ) birligi,
  4. Doimiy va o‘zgaruvchan tok kuchlanishi kattaliklari birligi,
  5. 0,1 dan 200 kV/m diapazonda elektr maydon kuchlanganligi kattaligini hosil qilish ikkilamchi,
  6. Burovchi momentning kuchi ikkilamchi milliy etalonlarida aniq o‘lchashlar amalga oshiriladi.

Ushbu etalonlarning kattalik birligi Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi (BIPM), Buyuk Britaniya metrologik instituti (NPL), Germaniya fizika-texnika instituti (PTB), Rossiya metrologiya instituti (VNIIFTRI) va Turkiya metrologiya instituti (TUBITAK UME) orqali xalqaro birliklar tizimining (SI) birliklariga qadar metrologik kuzatiluvchanligi ta’minlangan.

 

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil