Yangi yil arafasida O‘zbekiston akkreditatsiya markazi bir qator akkreditatsiya obyektlarining akkreditatsiya va davriy baholash natijalari bo‘yicha xulosa berdi.
- “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM Jizzax filiali akkreditatsiya ob’yekti O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablariga muvofiq kalibrlash laboratoriyasi sifatida akkreditatsiya qilindi.

- “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM Navoiy filial kalibrlash laboratoriyasining O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan kalibrlash laboratoriyasi (O‘ZAK.KL.0009) akkreditatsiya sohasi ilovaga muvofiq kengaytirildi.
- “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM Olmaliq filiali O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablariga muvofiq «0.01 grammdan 500 grammgacha avtomatik bo‘lmagan tarozilarni kalibrlash» kalibrlash laboratoriyasi sifatida akkreditatsiya qilindi.

Endilikda Jizzax va Olmaliq filiallarining kalibrlash laboratoriyasida massa o‘lchash yo‘nalishi bo‘yicha noavtomatik bo‘lgan tarozilarni kalibrlash, Navoiy filialining kalibrlash laboratoriyasida esa geometriya yo‘nalishida kalibrlash ishlarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi. Bu orqali joylarda tadbirkorlarga yana bir qulaylik yararatildi.
#UzNIM #metrology #calibrate
