O‘zbekiston metrologiyasi 100 yoshda

Qadim Buyuk ipak yo‘lida joylashgan yurtimizda metrologiya ya’ni o‘lchashlar borasidagi ilk qadamlar bundan roppa rosa 100 yil avval qo‘yilgan. Bu qadam o‘z vaqtining aniq o‘lchashlarini ta’minlab o‘lchashlar birxilligini belgilay boshlagan. 1924 yilda o‘lchashlar bo‘yicha yig‘ilishda 2 bayonnomaga asosan Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida amal qilish doirasi butun Turkiston Respublikasi bo‘lgan Savdo o‘lchov va tarozilarini Qiyoslash Palatkasi […]

Massa va u bilan bog‘liq kattaliklar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Kecha Evro-Osiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (KOOMET)ning “Massa va u bilan bog‘liq kattaliklar” texnik qo‘mitasi (TQ 1.4) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Texnik qo‘mita yig‘ilishida gaz va suyuqlik sarfi bo‘yicha solishtirishlarni amalga oshirish, hamda texnik qo‘mitaning qarorlari asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan suyuqlik […]

Akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasida navbatdagi etalon yordamida o‘lchashlar amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasiga Qattiq jismlarning tebranma harakatidagi tezlik, tezlanish va uzunlik birligi etaloni yordamida o‘lchashlar amalga oshirilmoqda. Ushbu etalon yordamida yuqori aniqlikdagi tebranish datchiklari, vibrometrlar va tebranish kalibratorlarini qiyoslash, kalibrlash hamda ularning noaniqliklarni baholash ishlari amalga oshirilmoqda. O‘lchashlar bajarishda ISO 16063-11 va ISO 16063-21 xalqaro standartlaridan foydalanilmoqda.

Vaqt va chastota sohasidagi o‘lchashlarni xalqaro darajada tan olinishi yo‘lida

Avvalroq, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan yangi Vaqt va chastota milliy etaloni (etalon) yaratilib ishga tushirilganligi toʻgʻrisida xabar bergan edik. Bugungi kunda Vaqt va chastota laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan vaqt va chastota sohasidagi o‘lchashlarni xalqaro darajada e’tirof etish yuzasidan faol ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan: – laboratoriya faoliyatini COOMET doirasida dastlabki baholash (PEER REVIEW)dan o‘tkazish maqsadida […]

Filiallar akkreditatsiya doirasi kengaytirildi

Bugungi kunda mahsulot sifati va o‘lchashlar aniqligi ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlarida asosiy omillardan biriga aylandi. Bu esa qo‘llanilayotgan o‘lchash vositalarining aniqligi va ishonchliligini kafolatlaydigan kalibrlash ishlarini rivojlantirishga ehtiyoj tug‘diradi. Kalibrlash laboratoriyasi sanoatning turli tarmoqlarida, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarishda, o‘lchashlarning sifati va aniqligini ta’minlashda muhim vazifalarni bajaradi. Geometriya va massa yo‘nalishlarida O‘ZAK.KL.0010 raqamli “Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma”ga […]

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashining navbatdagi 64-yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 14-15-dekabr kunlari Belarussiyada bo‘lib o‘tgan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashining (MGS) navbatdagi 64-yig‘ilishida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI)ning mas’ul xodimlari ham ishtirok etishdi. Yig‘ilish doirasida birgina aniq o‘lchashlarga bog‘liq quyidagi masalalar muhokama qilindi: – MDH ishtirokchi-davlatlari texnik jihatdan tartibga solish, davlatlararo standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya, me’yor va qoidalarga rioya etilishi […]

Taklif va mulohazalar muhokama qilindi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Sirdaryo filiali tomonidan investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.​ Bugun mazkur ishlar doirasida filial rahbari G‘anisher Solijonov Xitoyning “Shenxiang Heshan” Xalqaro import va eksport kompaniyasining Osiyo va Yevropa bo‘limi hamda “Xenchjun” korxonasi rahbarlari bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuv davomida filial tomonidan taklif etilgan loyiha bo‘yicha taklif […]