Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo Kengashi (MGS)ning metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyasining metrologiya sohasida asos soluvchi xujjatlar ishchi guruhining (RG ODM NTKMetr) navbatdagi 25-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarussiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiya davlatlarining metrologiya bo‘yicha milliy organlari vakillari ishtirok etishdi. O‘zbekiston tomonidan, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va O‘zbekiston milliy metrologiya institutining mas’ul xodimlari videokonferensaloqa orqali ishtirok etishdi. Ushbu yig‘ilishda, metrologiya sohasida asos soluvchi xujjatlarni ishlab chiqish, qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqilgan xujjatlarni qabul qilish masalalari ko‘rib […]

SMIIC MC 15-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining vakillari Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya instituti Metrologiya kengashi (SMIIC MC) 15-yig‘ilishida ishtirok etdi. Anjumanda jami 50 dan ziyod vakillar ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida SMIIC MC a’zo davlatlarda metrologik laboratoriyalarni ilmiy salohiyatini kengaytirish bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolar, xodimlar malakasini oshirish va laboratoriyalararo solishtirishlarni tashkil etish yuzasidan ochiq muloqat tashkil etildi, 2025-2027 […]

E’lon!

Korxonalar (tashkilotlar) rahbarlari va tadbirkorlar diqqatiga! O‘zbekiston milliy metrologiya instituti ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxi (tariflar)ni o‘zgartirayotganligini ma’lum qiladi: Oldingi davr xarajatlarining hisobot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish asosida, shuningdek aniq bir ish (xizmat)ga to‘g’ri keladigan va materiallar, ish haqi, energiya resurslari, kommunal xizmatlar narxlari (qiymati) o‘zgarishini hisobga olgan holda, hamda zamonaviy elektron axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, maxsus axborot dasturlarini joriy […]

Yig‘ilishda qo‘mita faoliyati doirasida 2023–2024-yillarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar ko‘rib chiqildi

Yevro-Osiyo davlat metrologik muassasalari hamkorligi (COOMET) «Uzunlik va burchak» 1.5 texnik qo’mitasining 21-yig’ilishi videokonferensaloqa rejimida bo’lib o’tdi. Mazkur yig’ilishda 2023-2024-yillarda qo’mita faoliyatida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar ko’rib chiqildi. Anjumanda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekiston milliy metrologiya institutlari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, yig’ilish ishida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan xalqaro solishtirishlar muhokama qilinib, […]

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash (МГС)ning Tibbiyot sohasidagi o‘lchashlar ishchi guruhining (РГ ИЗ НТКМетр) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23-oktabr kuni РГ ИЗ НТКМетр ning 10-yig‘ilishi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekistonning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idoralarining vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari ham ishtirok etishdi. Kun tartibiga ko‘ra a’zo mamlakatlar vakillari tibbiyot sohasidagi o‘lchashlar yuzasidan so‘nggi […]

Ona tilim g‘ururim, faxrim

Bu yil O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lishi munosabati O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining hududiy filiallari tomonidan “Ona tilim g‘ururim, faxrim” mavzusi qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlar davomida davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar hamda ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi amaliy ishlar alohida e’tirof […]

Milliy vaqt shkalasini hosil qilish, saqlash va uzatish kabi bilim va ko‘nikmalar yanada takomillashtirilmoqda

Rossiya Federatsiyasining fizik-texnika va radio-texnika ilmiy tadqiqot instituti (ВНИИФТРИ) tomonidan tashkil etilgan vaqt va chastota sohasida malaka oshirishda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari ishtirok etmoqda. Mazkur malaka oshirish jarayonlari joriy yil 4-apreldagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Rossiya texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal agentligi rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv bayoni hamda […]

O‘zMMI xodimlari xalqaro anjumanda ishtirok etishdi

      Joriy yil 7-11 oktyabr kunlari Krasnodarda (Rossiya) “Sanoatda metrologiya” ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda O‘zMMI xodimlari ham ishtirok etishdi. R.Valiyev ochilish marosimida ishtirok etib, O‘zMMI direktori – COOMЕT prezidenti L.Saidoripovni so‘zlarini ommaga yetkazdi, shuningdek, A.Ergashev O‘zbekistondagi metrologiyaning hozirgi holati va istiqbolli rejalari to‘g‘risida ma’ruza qildi. Anjumanda asosan qonunlashtiruvchi metrologiya, soha normativ-huquqiy […]

COOMETning “Ionlashtiruvchi nurlanishlar va radioaktivlik” texnik qo‘mitasi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi

Joriy yilning 8-9 oktabr kunlari “Davlat metrologiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi” (COOMЕT) “Ionlashtiruvchi nurlanishlar va radioaktivlik” 1.9 texnik qo‘mitasining (TQ 1.9) 21 – yig‘ilishi (gibrid formatda) bo‘lib o‘tmoqda. COOMETga a’zo mamlakatlardan Armaniston, Bosniya va Gertsegovina, Belarus, Gruziya, Rossiya, Kuba, Ozarbayjon, Moldova, Qozogʻiston, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston hamda Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosi (BIPM) vakillari ishtirok etishmoqda. […]

ГОСТ 8.417-2024 “O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Kattalik birliklari” davlatlararo standartining yangi tahriri qabul qilindi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan ilk bor “D. I. Mendeleev nomidagi Butunrossiya metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti” federal davlat unitar korxonasi (ФГУП “ВНИИМ им. Д.И. Менделеева”) bilan birgalikda ishlab chiqilgan ГОСТ 8.417-2024 “O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Kattalik birliklari” davlatlararo standartining yangi tahriri, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Yevroosiyo kengashi […]