Aniq vaqt

COOMETning “Ionlashtiruvchi nurlanishlar va radioaktivlik” texnik qo‘mitasi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi

Joriy yilning 8-9 oktabr kunlari “Davlat metrologiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi” (COOMЕT) “Ionlashtiruvchi nurlanishlar va radioaktivlik” 1.9 texnik qo‘mitasining (TQ 1.9) 21 – yig‘ilishi (gibrid formatda) bo‘lib o‘tmoqda.

COOMETga a’zo mamlakatlardan Armaniston, Bosniya va Gertsegovina, Belarus, Gruziya, Rossiya, Kuba, Ozarbayjon, Moldova, Qozogʻiston, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston hamda Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosi (BIPM) vakillari ishtirok etishmoqda.

Ushbu yigʻilishda O‘zbekiston metrologiya institutidan CООМЕТ TQ 1.9 a’zosi va ionlashtiruvchi nurlanishlar laboratoriyasi mutaxassislari
(Sh. Ismatullayev, DSc X. Maxmudov, E. Xikmatov, A. Taubaldiev
va PhD R. Lukashevich) ishtirok etishmoqda.

Ma’lumot oʻrnida: A. Taubaldiev CООМЕТ TQ 1.9 “Dozimetriya” yoʻnalishi koordinatori hisoblanadi.

Kun tartibiga asosan yigʻilishning birinchi kunida ishtirokchilar tomonidan quyidagilar yuzasidan muzokaralar olib borildi:

BIPMning Ionlashtiruvchi nurlanishlar maslahat qoʻmitasi (CCRI) faoliyatiga doir masalalar;

CООМЕТ TQ 1.9 ishchi dasturidagi solishtirish loyihalari va a’zo davlatlarning oʻz kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlarini (CMC) BIPM asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasi (KCDB) da roʻyxatga olish holati;

Ma’lumot oʻrnida: CООМЕТ TQ 1.9 ning ekspertlari bilan hamkorlikda joriy yilda O‘zbekistonning ilk CMC-qatorlar BIPMning KCDBda chop etildi.

CООМЕТning faoliyatiga oid boshqa masalalar.

Shuningdek, yigʻilishda O‘zbekiston vakillari tashabbusi bilan taklif etilayotgan 2 ta loyiha boʻyicha va joriy yilda ionlashtiruvchi nurlanishlar laboratoriyasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida taqdimot qilindi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilish 9-oktabr kuni yakunlanadi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil