![]()
Korxonalar (tashkilotlar) rahbarlari va tadbirkorlar diqqatiga!
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxi (tariflar)ni o‘zgartirayotganligini ma’lum qiladi:
Oldingi davr xarajatlarining hisobot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish asosida, shuningdek aniq bir ish (xizmat)ga to‘g’ri keladigan va materiallar, ish haqi, energiya resurslari, kommunal xizmatlar narxlari (qiymati) o‘zgarishini hisobga olgan holda, hamda zamonaviy elektron axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, maxsus axborot dasturlarini joriy etilishi, amortizatsiya ajratmalari, soliq stavkalari
va boshqalarni e’tiborga olgan holda xizmatlar (tariflar) narxi haqiqiy xarajatlar darajasiga yaqinlashtirilishini va joriy yilning 15-noyabridan boshlab ko‘rsatilayotgan xizmatlar (tariflar) qiymati o‘zgarishini ma’lum qilamiz.
Qo‘shimcha ravishda, har bir yo‘nalish bo‘yicha 15-noyabrdan amal qiladigan yangi preyskurantlarni (narxlar, tariflar) (elektron variantda) (http://nim.uz) saytining“Mijozlar uchun” bo‘limidan tanishishingiz mumkin.
Shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar (tariflar) qiymatini o‘zgarishi eng avvalo amalga oshirilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning barqarorligi va sifatini ta’minlash uchun muhim sanaladi.
Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan tovar-xom ashyo va materiallar, energiya resurslari, kommunal xizmatlar, va boshqa xarajatlar arzonlashgan taqdirda narx siyosatimizni qayta ko‘rib chiqishga tayor ekanligimizni ma’lum qilamiz.
O‘zbekiston milliy metrologiya institutining xizmatlaridan foydalanayotganingiz uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, hamda metrologiya sohasida olib borilayotgan islohotlarni to‘g‘ri qabul qilishingizni so‘raymiz.
Biz Sizni ushbu holatni to’g’ri tushunishingiz va kelgusida yanada samarali
va o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishingizga umid qilamiz.