Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo Kengashi (MGS)ning metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyasining metrologiya sohasida asos soluvchi xujjatlar ishchi guruhining (RG ODM NTKMetr) navbatdagi 25-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarussiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiya davlatlarining metrologiya bo‘yicha milliy organlari vakillari ishtirok etishdi. O‘zbekiston tomonidan, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va O‘zbekiston milliy metrologiya institutining mas’ul xodimlari videokonferensaloqa orqali ishtirok etishdi.

Ushbu yig‘ilishda, metrologiya sohasida asos soluvchi xujjatlarni ishlab chiqish, qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqilgan xujjatlarni qabul qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan qiyoslash laboratoriyalarining kompetentligiga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga olgan davlatlararo tavsiyalar me’yoriy xujjatini ishlab chiqish bo‘yicha kiritgan taklifi muhokama qilinib ishtirokchi barcha davlatlar tomonidan ma’qullandi.