![]() |
O‘zbekiston milliy metrologiya institutining vakillari Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya instituti Metrologiya kengashi (SMIIC MC) 15-yig‘ilishida ishtirok etdi.
Anjumanda jami 50 dan ziyod vakillar ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida SMIIC MC a’zo davlatlarda metrologik laboratoriyalarni ilmiy salohiyatini kengaytirish bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolar, xodimlar malakasini oshirish va laboratoriyalararo solishtirishlarni tashkil etish yuzasidan ochiq muloqat tashkil etildi, 2025-2027 yillar davri uchun Kengash raisi va rais o‘rinbosarlari saylandi hamda kelgusi vazifalar belgilab olindi.
SMIIC MC a’zo davlatlari yetakchi metrologiya institutlari tomonidan kvant metrologiyasi, raqamlashtirish va standart namunalarni yaratish mavzularida alohida taqdimotlar qilindi. O‘zbekiston milliy metrologiya institutining vakillari Turkiya, Qozog‘iston, Indoneziya, Malaziya, Iroq va Sudan vakillari bilan ikki tomonlama hamkorlik, xususan laboratoriyalar bazasini rivojlantirish, xalqaro solishtirish bo‘yicha ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zMMI so‘nggi bir yil ichidagi faoliyati va “O‘lchash mikrofonlarini IEC 61094-5 va IEC 61094-6 xalqaro standartlariga asosan solishtirish va elektrostatik aktuator javobi metodlariga asosan kalibrlash” mavzusi yuzasidan taqdimot qilindi va ishtirokchilar tomonidan yuksak baholandi.
Qo‘shimcha tarzda, Turkiya milliy metrologiya instituti (TUBITAK UME) laboratoriyalariga tashrif tashkil etildi va tajribalar almashinildi.
E’tiborlisi shundaki, SMIIC R&D tadqiqot va ishlanmalar dasturi doirasida O‘zMMI tomonidan taqdim etilgan 9 ta loyihalarnining 2 tasi ishchi guruh tomonidan yuqori baholanib, mablag‘lantirish uchun SMIIC boshqaruv kengashiga taqdim etildi.
