Aniq vaqt

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash (МГС)ning Tibbiyot sohasidagi o‘lchashlar ishchi guruhining (РГ ИЗ НТКМетр) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23-oktabr kuni РГ ИЗ НТКМетр ning 10-yig‘ilishi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekistonning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idoralarining vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari ham ishtirok etishdi.
Kun tartibiga ko‘ra a’zo mamlakatlar vakillari tibbiyot sohasidagi o‘lchashlar yuzasidan so‘nggi bir yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ishtirokchilar bilan ma’lumotlar taqdim etildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil