Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Yig‘ilishda qo‘mita faoliyati doirasida 2023–2024-yillarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar ko‘rib chiqildi

Yevro-Osiyo davlat metrologik muassasalari hamkorligi (COOMET) «Uzunlik va burchak» 1.5 texnik qo’mitasining 21-yig’ilishi videokonferensaloqa rejimida bo’lib o’tdi.

Mazkur yig’ilishda 2023-2024-yillarda qo’mita faoliyatida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar ko’rib chiqildi. Anjumanda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekiston milliy metrologiya institutlari vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, yig’ilish ishida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan xalqaro solishtirishlar muhokama qilinib, O’zMMI tomonidan o’lchash ko’lami 0.5 dan 100 mm gacha bo’lgan yassi parallel uzunlik o’lchash vositalarini o’lchash orqali solishtirish o’tkazish taklifi berildi.

Yig’ilish yakunida 2024-2025-yil rejasiga kalibrlash uslubiyatlarni ishlab chiqish va ularni joriy qilish ustuvor vazifa qilib belgilandi.